O'zbekiston tarixi
O'zRMDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 48-ish, 6-18-varaqlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
O'zRMDA, 1616-fond, 2-ro‘yxat, 48-ish, 6-18-varaqlar.
210 va Favqulodda komissiya tuzildi. Bu «inqilobiy» tashkilotlar xalq qo„zg„olonini katta harbiy kuch bilan ayovsiz bostirishga kirishdi. Mamlakatda ta‟qib, talon-tarojlik, sudsiz-so'roqsiz otib tashlash kuchaytirildi. Duch kelgan joyda har bir oddiy fuqaro, xalq qo„zg„oloni qatnashchilari va boshqalar «inqilob dushmani», «isyonchi» va «bosmachi» sifatida otib tashlanaverdi. Bosqinchilar bu bilan cheklanmadilar. Xorazm sho„ro hukumati Rossiya sho„ro hukumatidan shoshilinch sur‟atda harbiy yordam berishni so'raydi. RKP (b) Markaziy qo„mitasining 0„rta Osiyo byurosi qo„zg„olon boshlanishi bilanoq, 1924-yil 6 yanvarda maxsus qaror qabul qilib, Turkfront Inqilobiy kengashiga Xivaga armiya yuborish to„g„risida ko„rsatma berdi. 22 yanvarda Farg„ona va Buxorodagi milliy istiqlol kuchlariga qarshi kurashda katta tajriba ortirgan N.A.Shaydakov qo„mondonligidagi 82-otliq polk Choijo„yga yetib keldi va 23- yanvarda Xonqaga xujum boshladi. N.A.Shaydakov XShSRning harbiy noziri I.V.Godeskiy o„miga nozirlikka tayinlangan edi. Uning muovini lavozimiga mahalliy sharoitni yaxshi biladigan, sho„rolar va kompartiya maktabida «qayta tarbiyalangan» Mirkomil Mirsharopov qo„yildi. Junaidxon boshchiligidagi qo„zg„olonni bostirishda 4 -Aktyu- binskiy otliq polki ham faol qatnashdi. Jang operasiyalariga umumiy rahbarlikni I.S.Kutyakov amalga oshiradi. Xiva shahrining 12 darvozasi 10 ta pulemyot bilan qurollangan qizil armiyachilar tomonidan qo„riqlandi. 82-polk 29 yanvarda Xazorasp tumanida Og„ajon Eshon boshchiligidagi xalq lashkariga duch keldi. Istiqlol himoyachilari 18 soat uzluksiz davom etgan jangdan so„ng, kuchlar nisbati teng boimagach, qumlar orasiga chekinishga majbur bo„ladilar. 82-polk 4 fevralda Xiva shahriga yetib keldi va Xiva qamali tugatildi. Junaidxon chekinishga majbur boidi. U Sho„rolarga qarshi kurashni 1929-yilgacha davom ettirdi. Ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. Shundan so„ng Junaidxon dastlab Eronga, so„ngra Afg„onistonga o„tib ketdi. Sho„rolar xalq ommasining talabi bilan qishloq xo„jalik soligini to„rt baravar kamaytirishga majbur boidilar, sho„ro ma‟muriyati rahbariyatidan katta bir guruhi ishdan olindi. Ikki kun davomida hukumatga aholidan sho„ro ma‟muriyatidan norozi boigan 500 ta ariza tushgan edi. Hukumat komissiyasi xalq talabiga ko„ra qo„zg„olon vaqtida va undan oldin qamoqqa olingan vatanparvarlardan 214 kishini 211 ozod qildi. Xullas, xalq ozodlik qo„zg„oloni katta talofatlar evaziga boisa-da shoio hukumati va kompartiyani omma irodasi bilan hisoblashishga majbur qildi. Shoio hukumati xalq ozodlik qo„zg„olonini bostirgan boisa-da, Rossiya mustamlakachiligiga qarshi kurashishda omma to„xtab qolmaydi. Bu kurash yana uzoq yillar - o„ttizinchi yillaming o„rtalarigacha davom etdi. Shoio hukumati va Kompartiya yagona turk xalqlari milliy-ozodlik kurashiga barham berish uchun «boiib tashla -hokimlik qil» shioriga amal qildi va milliy davlat chegaralanishini oikazishga kirishdi. Ana shu tariqa Shoiolar hukumati tomonidan Xorazm xalqining asrlar osha davom etib kelgan davlatchilik an‟anasiga barham berildi. Bu borada Butun Xorazm Shoiolarining V qurultoyi alohida o„rin tutadi. Mazkur qurultoyni oikazish juda ogir kechdi va unga uzoq tayyorgarlik ko„rildi. Junaidxon boshchiligidagi qo„zg„olon bostirilgach, 1924-yil 20- fevralda XShSR MIQ va Markaziy Inqilobiy Qo„mita majlisi boidi. Unda aholini qurolsizlantirish bo„yicha Dekret qabul qilindi. Xorazm tarixida birinchi marta prokuratura idorasi tashkil etildi. XShSRning birinchi prokurori boiib Xanov degan shaxs tayinlandi. Xorazm Respublikasining 5 joyida «xalq» sudlari tashkil qilindi. Shundan 3 tasi o„zbek viloyatlarida, 1 tasi turkman va 1 tasi qozoq-qoraqalpoq viloyatlarida edi 1 . Yanvar qo„zg„oloni bostirilgach, Xorazm xalqiga «amaliy yordam» koisatish uchun Markazdan kompartiyaning «tajribali» a‟zolari rahbarlik lavozimlariga safarbar qilindilar. Faqat 1924-yil fevral-mart oylaridagina Markazdan Xorazmga 60 kishi kelgan edi. Ular Xorazmda shoiolaming ulug„ davlatchilik siyosatini amalga oshirishda «fidokorlik» koisatdilar. Bular: Turkiston ASSR Kaspiyporti viloyati kompartiyasida mas‟ul kotib boiib ishlagan Boyarshinov, RSFSRning XXShRda ilgari muxtor elchi boiib ishlagan G.I.Broyda rahbarligida S.Asfandiyorov, Sedov, Turkfront harbiy inqilobiy kengash a‟zosi E.P.Berzin, RKP(b) MQ 0„rta Osiyo byurosi 0„rta Osiyo Kompartiya raisi muovini O.Ya.Karklin, Turkfront qo„mondoni Pugachyov hamda I.M.Mejlauk, X.Xanov, V.V.Shaxetov va boshqalar edilar. 1924- yil 26-martda XShSR MIQ va XShSR Nozirlar Ken- 1 Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling