O'zbekiston tarixi
O'zR PDA, 58-fond, 20-ro‘yxat, 163-ish, 9-varaq
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
O'zR PDA, 58-fond, 20-ro‘yxat, 163-ish, 9-varaq. 2 O'zR PDA, 58-fond, 20-ro‘yxat, 163-ish, 5-varaq. 3 0‘sha joyda. 4 O'zR PDA, 58-foid, 20-ro‘yxat, 163-ish, 24-varaq. 515 Qrimdan maxsus ko„chirib keltirilganlarga 0„zbekiston hukumati yordam tariqasida 1945-yil 1 oktabrga qadar 5426 juft poyafzal tayyorlab berdi 1 . 0„zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti va 0„zKompartiya MQsi 1945-yil noyabrda «Maxsus ko„chirilgan Qrimlik kontingentlami xo„jalik- moddiy joylashtirishni yakunlash to„g„risida» qaror qabul qildi. Unda ко„chib kelgan qrimliklarga qurilish-xo„jalik ishlari, uchun 40 ming kub metr yog„och, 48 tonna mix, 15 ming kv.m. oyna, 200 tonna cho„yan ajratish 2 ko„zda tutildi. Qarorda SSSR Qurilish vazirligidan 1946-yilda Xo„jalik qurilishi, shaxsiy uy-joy qurilishi va maxsus ko„chirilganlaming uylarini ta‟mirlash maqsadlarida 120 million so„m 3 kredit ajratish so„raldi. Maxsus ko„chirilgan muxtoj oilalarning bolalariga yordam tariqasida ustki kiyim uchun 170 ming metr va ichki kiyim uchun 170 ming metr gazmol va ko„rpa-yostiq jihozlari uchun 110 ming metr gazmol 4 ajratishga qaror qilindi. Bundan tashqari ko„chirib keltirilganlarga 58 ming bolalar poyafzali, qish mavsumida 35 tonna sovun va 70 tonna kerosin yetkazib berish rejalashtirildi 5 . Mazkur qaror asosida qattiq muhtojlik sezgan ko„chirib keltirilganlar oilalariga oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam berish maqsadida 1946- yilning 1 yanvaridan 1 apreliga qadar 500 tonna un, 250 tonna krupa va 25 tonna shakar ajratish ko„zda tutildi 6 . Maxsus ko„chirilgan xalqlar o„z boshlariga tushgan barcha kulfatlar, beqiyos darajadagi og„irlik va qiyinchiliklami yengib o„tib 0„rta Osiyodagi xalqlar, shu jumladan, o„zbek xalqining beg„araz yordamlari tufayli o„zlarining millat sifatida qiyofalarini saqlab qoldilar va millat sifatida yo„q boiib ketmadilar. 0„zbekistonga zo„rlab ko„chirilgan «vatan sotqinlari» orasidan keyinchalik el-u yurtga fidoyilarcha mehnat qilib, xalqning katta hurmati va e‟tiboriga loyiq boigan ajoyib insonlar yetishib chiqdi. 0„z vaqtida mashhur mexanizator va paxtakor sifatida nom qozongan mesxeti turklari millatiga mansub Javat Kuchiyev va qrim tatar millati vakili, Jizzax viloyati partiya qo„mitasining birinchi kotibi Mamed Toirov bunga yorqin misol boia oladi. Ulaming har ikkalasi ham Sotsialistik Mehnat Qahramoni darajasiga ko„tarilgan Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling