O'zbekiston tarixi
«Известие» gazetasi, 1989-yil 24-sentabr
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
«Известие» gazetasi, 1989-yil 24-sentabr. 2 O'zR MDA, 314-f, 7-ro‘yxat, 26-ish, 378-varaq. 3 O'zR PDA, 58-fond, 20-ro‘yxat, 163-ish, 5-varaq. 4 O'zR MDA, 37-fond, 27-ro'yxat, 393-ish, 77-varaq. 511 xo„jalikni yoiga qo„yish va uy-joy qurilishi uchun 7 ming so„mdan pul qarz berish ko„zda tutildi. 2. Maxsus ko„chirib keltirilganlarga alohida ajratilgan fonddan: Toshkent viloyatiga 20 tonna, Samarqand viloyatiga 20 tonna va Farg„ona viloyatiga 10 tonna benzin berish rejalashtirildi, 0„zSSR ShXK ixtiyorida ehtiyot chorasi sifatida 20 tonna benzin rezerv qoldirildi 1 . 0„zbekiston SSR Xalq Komissarlari Kengashi va 0„zKompartiya MQsi 1944- yil 10-12-oktabrdagi 1241-161s sonli «Gurjistondan 0„zbekiston SSRga kelgan ko„chirilganlami qabul qilib olishni tashkil etish, joylashtirish va tibbiy-sanitar xizmatini ta‟minlash to„g„risida» 2 deb chiqargan qarorida ko„chirib keltirilganlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida ulami tibbiyot xodimlari va dori-darmonlar bilan ta‟minlash tadbirlari belgilandi. Toshkent, Samarqand, Farg„ona, Andijon, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga ko„chirib keltirilganlar uchun 182,8 tonna ko„mir, 88,1 tonna o„tin, 2,5 tonna kir sovun, 12 tonna kerosin, 3 tonna suyuq sovun va boshqa tovarlar ajratildi 3 . Fashistlar okkupatsiyatsidan ozod qilingan Ukraina, Belomssiya, Boltiqbo„yi va RSFSRga jo„natilishi lozim boigan ishchi-kuchi hayvonlarining bir qismi 0„zbekistonga maxsus ko„chirib keltirilgan xo„jaliklarga pulga sotildi. Jumladan, 1944-yilning 30-sentabrida Namangan viloyatining Norin (30), To„raqo„rg„on (25), Namangan (14), Kosonsoy (30), Uchqo„rg„on (30), Uychi (27), Yangiqo„rg„on (33) va Pop (11) tumanlariga jami 200 ot 4 ishchi kuchi sifatida sotilgan edi. 0„zbekiston Respublikasi bo'yicha maxsus ko„chirib keltirilganlar joylashtirilgan viloyatlarga jami boiib 1944-yil 1-dekabrga qadar 2280 ot sotildi, shu jumladan, Toshkent viloyatiga 500 ta, Farg„ona viloyatiga 300 ta, Namangan viloyatiga 200 ta, Andijon viloyatiga 350 ta, Samarqand viloyatiga 480 ta, Qashqadaryo viloyatiga 250 ta ot sotilgan. Bundan tashqari 114 ishchi ho„kiz (Toshkent viloyatiga 50 ta, Samarqand viloyatiga 64 ta) va 203 ta eshak (Farg„ona viloyatiga 103 ta va Andijon viloyatiga 100 ta) yetkazib berildi 5 . Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling