O'zbekiston tarixi
O'zR PDA, 58-fond, 358-ro‘yxat, 118-ish, 7-9-varaqlar
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
1
O'zR PDA, 58-fond, 358-ro‘yxat, 118-ish, 7-9-varaqlar. 2 O'sha manba, 9-varaq. 3 O'sha manba 678 ishlatilayotgani» tanqid qilinadi. «SSSR Sogiiqni saqlash vazirligi 1990- yilda ogiroyoqlikning oldini oluvchi preparatlar sotib olishni ko„paytirdi. Ayniqsa garmonli preparatlar ko„plab keltirildi. Ular davolovchi muassasalarga yetkazildi». Maktubning so„nggida SSSR Sogiiqni saqlash vazirining birinchi o„rinbosari A.Baranov quyidagi mazmunda buyuradi: «Shulami hisobga olib, aholi orasida, ayniqsa yoshlar o„rtasida oilani rejalashtirishni tashviqot qilish kuchaytirilsin... Bu ishni alohida nazorat ostiga oling» 1 . Ikki xil bir-biriga qarama-qarshi demografik siyosat matbuotda ham keng yoritildi. «Pravda» gazetasi 1991-yil 27-iyunda «Umidimiz yig„isi» («Nashey nadejde plach») maqolasida Rossiya ayollariga intizorlarcha murojaat qilib: «Faqat bolalar uchungi- na yashamoq mumkin. Farzand boisa - hayot boiadi... Ayollar, tuginglar! Iltimos! Hayot, garchi og„ir va nursiz boisada, tugallanmasligi kerak!», deb yozsa, huddi shu kuni «Narodnoe slovo» ro„znomasining «Islom va oilani rejalashtirish» maqolasida kam farzand ko„rishga da‟vat qiladi: «Dunyo aholisining zichligi insoniyat hayot darajasining pastlashuviga olib kelish xavfi kuchaymoqda... Islom dini tugishni kamaytirishga qarshi mas» 2 , - deb yozadi. Xullas, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida sof shovinistik mustamlakachilik siyosati olib borildi. «Milliy adolat» haqida balandparvoz ma‟ruzalar qiladigan M.S.Gorbachev singari partiya va davlat arboblaridan tortib, SSSR Xalq deputatlariyu Rossiyadagi olimu fuzalolar, ommaviy axborot vositalariga qadar 0„zbekistonga, uning fuqarolariga tosh otib uni «boqimanda», «ehson va qarzlar hisobidan yashayotgan xalq» deb jahonga jar soldilar. Emishki, 0„zbekiston Ittifoqdan har yili 2-3 milliard so„m «sadaqa» olib yashayotgan ekan. Albatta bunday shovinistik ruhdagi tashviqot va targibotlar natijasiz qolmadi. Butun mamlakatda «turli» millat vakillari o„rtasida o„zbeklarga nisbatan nafrat va millatchilik og„usi kuchli tus oldi. 130 dan ortiq millat va elat yashaydigan 0„zbekistonda milliy nizolar va fojialar avj olib ketdi. Xullas, «qayta qurish» yillari Sovet hukumati va Kommunistik Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling