O'zbekiston tarixi
partiyaning obro„sini deb uni jazodan olib qoldi»
Download 6.43 Mb. Pdf ko'rish
|
a Sagdullayev uzb tarix
partiyaning obro„sini deb uni jazodan olib qoldi» 1 . 1 Rashidov A. «Akam haqida». - Т.: Fan, 1992, 10-11-betlar. 680 Rafiq Nishonov vaziyatga qarab ish tutadigan, aytgan gapidan xohlagan paytda tonadigan illatlari bilan Sh.Rashidovni goh baynalmilalchi, goh millatchi qilib ko„rsatar edi: «Rashidovning millatchilik tuyg„usidan kelib chiqib, Temur kabi o„tmish qonxo„r bosqinchilami ulugiashtirgani ayniqsa menga yoqmas edi. Esimda bor, bu masalada Rashidov bilan qattiq tortishib qolib, o„zimning pozitsiyamni Markazkomning byurosida himoya qilishga harakat qildim. Rashidovning g„ayri-qonuniy xatti-harakati haqida KPSS Markaziy Qo„mitasini xabardor qilishni lozim topdim» 1 . Rafiq Nishonovning Sharof Rashidov sha‟niga, 0„zbekiston sha‟niga tinimsiz tosh otishi va bo„htonlar yog„dirishi o„z vaqtida mamlakat jamoatchiligining qonuniy noroziligiga sabab bo„lgan edi va qattiq qoralangan edi. A.Husanov, R.Ahmedov, Yu.Nabiyev, M.Sherg„oziyev, M.Sayfiddinovalar «Xalq so„zi» ro„znomasiga yozgan nomalarida: «Axir 0„zbekistonga Rashidovning qilgan mehnatini, ma‟rifatini hali hech kim qilgani yo„q-ku! Kim bundan ko„z yumsa ko„r boiadi. Nishonov esa o„zining aybini yuvish uchun, yopish uchun osilgani Rashidov, 0„zbekiston boiib qoldi. Mingta Nishonovni jam qilsa bitta Rashidov chiqmaydi-ku!» 2 , degan edilar. Rafiq Nishonov 80-yillarda sovetlar tomonidan 0„zbekistonda ataylab amalga oshirilgan qatag„onli kunlaming bevosita tashkilotchisi, Gdlyan va Ivanovlar singari tergovchilaming g„oyaviy ilhomchisi edi. U 80 - yillarda 58 mingdan ortiq rahbar xodimlami ishdan olganligi bilan ko„krak kerib maqtangan edi. «Qayta qurish» yillarida Sovet hukumati va Kommunistik partiyaning 0„zbekistonda olib borgan dahshatli va qonli mustamlakachilik siyosati mamlakatda xalq ommasining milliy ongi, milliy vijdonining uyg„onishiga va milliy harakatning kuchli toiqiniga sabab boigan omillardandir. Bu harakat asosan 1988-yildan e‟tiboran kuchaydi va asosan o„zbek tiliga davlat tili maqomi berish, 0„zbekiston milliy davlat mustaqilligiga erishish kabi masalalar atrofida olib borildi. 0„zbekistonda «Qayta qurish sharofati» tufayli avj olib ketgan demokratik va milliy ozodlik harakatining bir-biridan keskin farq qiluvchi ikki tomoni xususida gapirmaslik mumkin emas. Download 6.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling