O'zbekiston tarixi


 Menmensi N. Anvar Poshsho Turkistonda. «Saodat» jumali, 1992-yil, 9-son


Download 6.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/563
Sana02.06.2024
Hajmi6.43 Mb.
#1833543
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   563
Bog'liq
a Sagdullayev uzb tarix

1
 Menmensi N. Anvar Poshsho Turkistonda. «Saodat» jumali, 1992-yil, 9-son, 
6
-bet.
272


olishi» ta‟kidlangan edi. Buning evaziga Sho„ro hukumati Anvar 
Poshshodan Turkiston masalasiga aralashmaslikni talab qildi. Anvar 
Poshsho Sho„ro elchisiga: «Sulh bitimi faqat Turkiston tuproqlaridan butun 
rus askarlarini olib chiqib ketganlaridan keyingina so„z mavzui boiishi 
mumkin», deb javob berdi. 1922-yil 18-mayda RKP(b) MQ «Turkiston -
Buxoro ishlari to„g„risida» maxsus qaror qabul qildi. Bu qarorda Sharqiy 
Buxoro hududlarida harakat qilayotgan istiqlolchi kuchlarga qarshi harbiy 
tadbirlar bilan birga, aholi o„rtasida tashviqot va targibot ishlarini 
kuchaytirish masalasiga ham e‟tibor berildi. Jumladan, unda «Anvar 
Poshshoni aholi orasida inglizlaming josusi va Sharq xalqlarining 
dushmani» qilib ko„rsatish lozimligi ta‟kidlandi. 
1922-yilning yozida Rossiya Qurolli kuchlar bosh qo„mon- doni 
S.S.Kamenov, Qizil Armiya Otliq kuchlar qo„mondoni 
S.M.Budyonniy, A.N.Todorskiy va Turkkomissiya a‟zosi V.Kuybishev 
Turkistonga yuboriladilar. Ular zimmasiga Turkistondagi janglaming 
ahvolini o„rganish va amaliy tadbirlar belgilash vazifasi yuklatildi. Bu guruh 
oikadagi, xususan Sharqiy Buxorodagi ogir vaziyat bilan tanishgach, 
Turkistonga markazdan yana qo„shimcha qurol-yarogiar va askarlar 
yuborishni so„raydi. Anvar Poshsho ishi bilan shaxsan shug'ullanish uchun 
Sho„ro razvedkasining Sharq shu„basi mudiri Og'abekov Buxoroga maxsus 
jo„natildi. 
1922- 
yil yoz oylarida shiddatli janglar qizib ketdi. Qizil askarlar 
markazdan yuborilgan qo„shimcha jangchilar va qurol-yarogiar bilan 
hujumga o„tdilar. 1922-yil 24-iyunga o„tar kechasi Anvar Poshsho Darband 
tumanida general Kaluginga qarshi o„zining 3 ming kishilik sarbozlari bilan 
hujum qildi va raqibining 8 ming kishilik diviziyasini yer bilan yakson etdi.
Anvar 
Poshsho 
qizil 
askarlarga 
qarshi 
muvaffaqiyatli 
jang 
operasiyalarini olib borayotgan bir paytda Og„abekovning rejasi o„z ta‟sirini 
ko„rsatdi. Buni 1922-yil 4-avgust fojiasi ochiq-oydin ko„rsatadi. Bu kun 
qurbon hayiti edi. General G„ozi Anvar Poshsho o„z safdoshlari bilan 
Boljuvon tepaligida suhbatlashib dam olib o„tirgan. Kutilmaganda qizillar 
paydo boiib qoladi. 0„rtada qattiq qilichbozlik jangi boshlanadi. Dushman 
hujum qilganda orqaga chekinish imkoniyati boisa-da, Anvar Poshsho 
nomardlik boimasin, deb chekinmasdan qilichini qinidan sug„urib olib 
tengsiz dushman ustiga tashlanadi. Bir o„zi o„n bitta bosqinchini qilich 
damidan o„tkazadi. Kutilmaganda orqadan urilgan qilich zarbidan 
273


Anvar Poshsho yiqiladi va jon beradi. Jang maydonidagi bu nomard Anvar 
Poshsho qo„shinlari safida xizmat qilib yurgan musulmon askari 
qiyofasidagi josus Muhammad G„oziy edi. Bu uning soxta taxallusi boiib, 
uning asli nomi Georgiy Gasparyan, ya‟ni armani millatiga mansub shaxs 
hisoblangan. Gap shundaki, Anvar Poshsho va Ibrohimbek Laqay 
armiyasida har xil millatlarga mansub jangchilar boigan: o„zbeklar, tojiklar, 
turkmanlar, qozoqlar, o„rislar, hindlar, ozorlar va hokazo. Markazdan 
maxsus topshiriq bilan kelgan Og„abekov Turkiston Markaziy harbiy 
shtabidagilar bilan birga bu vaziyatdan ustalik bilan foydalangan. Ular 
Georgiy Gasparyanni musulmon jangchisi qiyofasida Muhammad Ahmad 
G„oziy ismi bilan Anvar Poshsho va Ibrohimbek lashkarlari safiga 
kiritadilar. 
Anvar Poshshoning oiimi milliy istiqlol jabhasi uchun katta yo„qotish 
edi. U bilan vidolashishga kelganlar, Ahmad Zaki Validiy To„g„onning 
yozishicha, 15-20 mingdan ortiq kishini tashkil etgan. 
Xalqning dardu hasrati va qayg„usini vatanparvar shoir, jadid 
harakatining ulug„ vakillaridan biri Abdulhamid Choipon quyidagi 
misralarda yonib kuylagan edi: 
Eng so'nggi umidni qonga bo'yagan, 
Oh, qanday xayrsiz zamonlar kelgan? 
Faryodim dunyoni bo„g„ib oidirsin; 
Qop-qora baxtimga shaytonlar kulsin. 
Anvar Poshshoning jasadi Dushanbedan 200 kilometr janubi- sharqda 
joylashgan Boljuvon tumanidagi Chegen qishlogida dafn qilinadi. 1996 -yil 
3-avgustda Turkiya hukumatining qarori bilan Anvar Poshsho hoki solingan
tobut Boljuvondan Istambulga olib kelindi va 4 avgustda u yerdagi abadiy 
oromgohga qo„yildi. 
Anvar Poshshoning siyosiy faoliyati haqida turlicha fikr- mulohazalar 
tarixda bitilgan. Sho„ro tarixida uni «panislamist», «panturkist» va «angliya 
josusi», «avantyurist» deb talqin etildi. Musulmon olami dunyosi esa uni 
«0„rta Osiyo musulmonlarini istilochilardan xalos qilish uchun yuborilgan 
buyuk siymo» deb baholadi, u bilan faxrlandi. Darhaqiqat, Anvar Poshsho 
tabiatan millat va yurt fidoyisi edi, mafitunkorlik va joziba kuchida tengsiz 
bir shaxs edi. Uning siyosiy faoliyati o„ta bir buyuk ilohiy maqsadga 
qaratildi. Bunga biz Anvar Poshshoning o„z sevikli xotini - go„zal shoh qizi 
- Najibaxonga yozgan so„nggi xatini o„qib toia ishonch hosil qilamiz: 
274


«Sen maktubingda qilich va jangni sevganim qadar hech bir narsani 
sevmasligimni yozibsan. Ammo biror narsa to„g„risida «faqat shuni 
sevaman», deb ham ayta olmayman (aytsam yolg„on boiadi). Sen 
bilursankim, manim haqimda tuhmat tashviqotlar tarqatib yurgan badbaxt 
kimsalaming iddao etganlaridek, men bu olis diyorlarda mol-dunyo axtarib, 
boy boimoq yoki o„z hokimiyatimni qurmoq uchun kelganim yo„q. Meni 
sendan uzoqlashtirib, bu joylarga keltirgan Janobi Haqning zimmamga 
yuklagan muqaddas bir vazifasidir. Bu jihod vazifasi erur. «Jihod - islomda 
g„ayridinlarga qarshi «Muqaddas urush» Qur‟oni Karimda jangga qobiliyatli 
har bir musulmon «muqaddas urush»da ishtirok etishi shart deb 
ko„rsatilgan. U shunday ulug„ ishdurki, uni hatto sidiq ila niyat qilganlar 
ilohiy jannatga kirmoq huquqini olurlar. Ollohga hamid o„lg„ayki, men toia 
ma‟noda jihod eturman. Har naqadar sendan ayru qilmoq, sening sevging-la 
masrur qalbimni vayron etmakka esa hamki, ushbu yoida buyuk bir imtihon 
bermakdan ko„p baxtiyormen»
1

Ha, Anvar Poshsho janoblari Haq yoiida buyuk imtihondan 
muvafaqqiyatli o„tdi. U o„zining qadimiy Ota yurti Turkistonning 
mustaqilligi uchun kuchda tengsiz dushmanga qarshi jangga kirdi, o„zining 
cheksiz harbiy qobiliyati va tashkilotchiligi tufayli xalq hurmat-e‟tiborini 
qozondi, tarqoq qo„rboshilaming boshini ulug„ bir maqsad yoiida 
birlashtirdi. Uning lashkarlaridagi muhojidlar soni 17 ming kishiga yetdi
2

Shu bois Anvar Poshshoni haqli sur‟atda nafaqat turk millatining, balki ayni 
paytda butun Turkiston oikasining ham asl farzandi, deb atashga hamma 
asoslar bor. U bosqinchi sho„rolarga qarshi «Buxoro, Xiva, Turkiston 
qo„shinlari oliy qo„mondoni» sifatida Turkiston Mustaqilligi va ozodligi 
yoiida o„zining eng aziz va mo„tabar jonini fido etgan buyuk shaxsdir. 
Janubiy-Sharqiy Buxoro hududida Ibrohimbek va Anvar Poshsholar 
rahbarligida va ulardan mustaqil sur‟atda harakat qilgan boshqa istiqlolchi 
kuchlar ham bor edi. Ulaming safi sharoit va vaziyatga qarab gohida 
ko„payib, gohida kamayib turgan. 
Istiqlolchi kuchlar bu yerda qizil askarlar to„dalariga bir necha bor 
qaqshatqich zarbalar berganlar. Jumladan, 1924-yil 30-yanvarda Buxoro 
Qizil askarlar shtabi tashkiliy boiimining boshligi 
1

Download 6.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   563




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling