jarayonini boshlab berdi. Bu borada Boltiqbo„yi respublikalari
yalovbardorlik qildilar. Mavjud demokratik
jarayonlar albatta boshqa
jumhuriyatlarga ham ta‟sir ko„rsatdi va ular ham birin-ketin o„z
mustaqilliklarini e‟lon qila boshladilar.
Boltiqbo„yi mamlakatlari mustaqillik to„g„risidagi talablarini SSSR
Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari qurultoyiga ko„ndalang qilib
qo„yganlaridan so„ng Prezident M.Gorbachev
bir guruh deputatlar va
rahbarlar bilan vaziyatni o„rganish, aniqrog„i, tazyiq qilish, o„z ta‟sirini
o„tkazish maqsadida Boltiqbo„yiga bordi. Guruh tarkibida 0„zbekiston
Prezidenti ham bor edi. U erda Islom Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz
keldi va shunda juda katta qat‟iyat va favqulodda jur‟at bilan o„z
munosabatini bildirdi: komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni
ham, uning manfaatlarini qoilab- quwatlovchi guruhni ham tashlab tezda
orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo„yi xalqlarining
talablari qonuniy
ekanligini, mustaqillik, SSSR tarkibidan chiqish - tarix haqiqati,
inson
haq-huquqlarining tantanasi ekanligini oshkora namoyon etdi.
Chindan ham, SSSR tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq,
ma‟naviy taraqqiyot xususida gapirib boimas edi. Chunki yovuzlik va
zo„ravonlik asosida qurilgan davlat bunday intilishlarga
aslo yoi bermas
edi. Amerika adibi Eyn Rend ta‟biri bilan aytganda,
Do'stlaringiz bilan baham: