«O’zbekiston tarixi va jahon tarixi» fanlaridan nazorat ishi daftari yuzasidan
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf tarix nazorat ishi yangisi (2)
VII sinf. O’zbekiston tarixi
NAZORAT ISHI - 1 1. Chig’ir va charxpalak, suv tegirmoni kashf etilishi qaysi sohaning rivojiga ta’sir ko’rsatdi? A) qishloq xo’jalik ishlar rivojiga B) o’rta asrlarda dehqonlarning ko’payishiga C) o’rta asrlarda posponlarning ko’payishiga D) savdoning rivojiga 2. VI asrda unumdor yerlar hamda suv taqsimoti nazorati kimlarning qo’liga o‘tdi? A)mahalliy hokimliklar B)chokarlar va hunarmandlar C)kashovarz va kadivarlar D)qabila boshliqlari va ishboshilar 3.Ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa,qishloq hokimi bu.? A)Kashovarz B)Chokar C)Kadivar D)Dehqon 4.Ilk o’rta asrlarda o‘z yerlaridan va erklaridan ayrilib qolib, dehqonlarga qaram bo’lib ularning yerlarida ishlovchilar qanday atalgan? A)Kadivar B)Kashovarz C)Chokar D)Sarkor 5.Ilk o’rta asrlarda qishloq jamoalari yerlarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi kimlar edi? A)Kadivar B)Kashovarz C)Chokar D)Sarkor 6. Ilk o’rta asrlarda dehqonlarning maxsus askariy guruhi, dehqon mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon nima deb atalgan? A)Kadivar B)Kashovarz C)Chokar D)Sarkor 7. Afsonalarda keltirilishicha, Xubbi qachon dom-daraksiz g‘oyib bo‘ladi? A)Xubbi baliqni bir qo‘li bilan tutib quyoshga uzatgan vaqtda B)Xubbi suvga cho‘kkanlarni qutqarganda C)Jamshid ismli hukmdor taxtga o‘tirgan vaqtda D)Xubbi so‘yilgan ho‘kizlarga jon bag‘ishlaganda 8. Surxon kelib qo‘shilgan joyning quyidan boshlab, Amudaryoning hayotbaxsh faoliyati boshlanadi va qayerni suv bilan ta’minlaydi. A)Xuroson B)Xorazm C) Eron D) Hindiqush 9. Qang’ davlati tarkibidan birinchi bo’lib O’rta Osiyodagi qaysi davlat ajralib chiqdi? A)Xorazm B)Baqtriya C)Tohariston D)Eloq 10. IV asrda turkiy qabilalardan xioniylar dastlab Zarafshon vohasini egallab, janub tomonga yurib, qaysi hududda hukmronlik qilishgan? A) Kaspiy dengizi shimoli va Orol bo’ylarida B) Kushon podsholigida C) Janubiy-g’arbiy Eron va Turkmanistonda D) Yettisuv va Sharqiy Turkistonda 11.Qaysi shahar Kidariylar davlati poytaxti edi? A)Balx B)Tunkat C)Kat D) Eloq 12. III asrda Xorazm Qang’ davlatidan ajralib chiqqanidan so’ng uni qaysi sulola idora eta boshlaydi? A)Kidariylar C)Xioniylar B)Saljuqiylar D)Xorazmshohlar 13. Kimlarning zarbasi natijasida Kidariylar O’rta Osiyoni tark etib, shimoliy Hindistonga chekindilar? A)Eftallar B)Xiyoniylar C)Xorazmiylar D)Sug’diylar 14. Tuproqqal’a shahri xarobalari hozir qaysi hududda joylashgan? A)Qoraqalpog’istonni hozirgi Kegeyli tumani B)Qoraqalpog’iston hozirgi Ellikqal’a tumani C)Xorazm viloyatini hozirgi Xonqa tumanida D)Xorazm viloyatining Xozarasp tumanida 15. Yana bir ko‘chmanchi chorvador aholi kidariylar sharqdan Sirdaryo va Orol bo‘ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga qachon va kim tomonidan bostirib kirgan? A) V asrning 20-yillarida Kidar boshchiligida B) V asrning o’rtalarida Bumin boshchiligida C) V asrning oxirida Grumbat boshchiligida D) V asr boshlarida Vaxshunvar boshchiligida 16. Qaysi hukmdor 305-yilda Xorazmning qadimgi poytaxtini Kat shahriga ko’chirgan? A)Farasman B)Afrig’ C)Xurzod D)Chog’on 17. Afrig’iylar davridagi Xorazm tangalariga xos bo’lgan xususiyatni aniqlang? A)old tomohiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etilgan B)old tomoniga shoh, orqasiga gajak dumli she’r yoki arslon tasviri tushirilgan tangalar zarb etilgan C)betiga xudo tasviri orqasiga shoh va malika tasviri tushirilgan D)betiga xudo tasviri orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan 18. V asrda qayerda nisbatan qadimiyroq bo‘lgan qishloq o‘rniga umumiy maydoni 18 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi? A)Poykandda B)Shimoliy Hindistonda C)Panjikentda D)Sharqiy Turkistonda 19.O’rta asrlarda qaysi shahar arab manbalarida ta’riflanganidek, «Madina at- tujjor»–«Savdogarlar shahri» bo‘lgan? A)Poykand B)Shimoliy Hindistonda C)Panjikentda D)Sharqiy Turkistonda 20. V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan qaysilaridan hozirgi vaqtda ham keng foydalanilmoqda? A) Darg‘om kanali va Katta Farg’ona kanali B)Zog‘ariq va Katta Farg’ona kanali C)Amudaryo va Katta Farg’ona kanali D)Zog‘ariq va Bo‘zsuv, Darg‘om kanali № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 javob A D D A B C C B A B № 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 javob A D A B A B A C A D |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling