«O’zbekiston tarixi va jahon tarixi» fanlaridan nazorat ishi daftari yuzasidan
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf tarix nazorat ishi yangisi (2)
VII sinf. O’zbekiston tarixi NAZORAT ISHI - 8 1.Moddalar solishtirma og‘irligini aniqlash ilk bor qayerda va kim tomonidan kashf etilgan? A)Buxoroda Mag‘oki Attoriy masjidida, Buxoriy B)Hakim Termiziy maqbarasida, Termiziy C)Xorazm Ma’mun akademiyasida, Beruniy D)Xorazm Ma’mun akademiyasida, Ibn Sino 2.Bag‘doddagi «Nizomiya» madrasalaridan birida olti ming talaba yashab ta’lim olgan madrasaga kim tomonidan asos solingan? A)Nizomulmulk B)Abu Ali ibn Sino C)Abu Rayhon Beruniy D)Imom at Termiziy 3.Qaysi yilda mamlakatimizda Xorazm Ma’mun akademiyasi 1000 yilligi nishonlangan? A)2006-yil B)2009-yil C)1991-yil D)2016-yil 4.Kim algebra fanining asoschisi sifatida ilm- fan tarixida yuksak nom qozondi? A)Abu Ali ibn Sino B)Muso al Xorazmiy C)Abu Rayhon Beruniy D)Imom at Termiziy 5.Muso al-Xorazmiy qalamiga mansub asarlarni toping 1.«Al-jabr val-muqobala» 2.«Hind hisobi haqida kitob» 3.«Qo‘shish va ayirish haqida kitob» 4.«Kitob surat-al-arz» 5.«Hidoya» 6.«Zij» 7.«Tib qonunlari» 8.«Usturlob bilan ishlash haqida kitob» 9.«Buxoro tarixi» A)1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,2,3,4,6,7 C) 1,2,3,6,7,8,9 D) 1,2,3,4,6,8 6.Suratga eng to’g’ri izoh berilgan javobni toping A)1976-yili Sayyoralar tizimini nomlash ishchi guruhi Oyning kraterini Muso Xorazmiy nomi bilan atagan B)Muso Xorazmiy qilgan buyuk xizmatlariga e’tirof etib, algebra fani logotipi yaratildi. C)1976-yil algebra fani logotipi Xorazmiy nomi bilan ataldi D)to’g’ri javob yo’q 7.Sharq mamlakatlarida kimni «Al-muallim as- Soniy»–«Ikkinchi muallim» deyishgan? A)Abu Ali ibn Sino B)Muso al Xorazmiy C)Abu Rayhon Beruniy D)Abu Nasr Forobiy 8.Ahmad Farg‘oniyning qaysi asari o‘rta asr musulmon Sharqi mamlakatlarida, so‘ng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlarida astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi? A)«Usturlob yasash haqida kitob» B)«Al-Farg‘oniy jadvallari» C)«Astronomiya asoslari haqidagi kitob» D)«Yetti iqlimni hisoblash haqida» 9. Qohirada, Roud orolida, «Miqyosi Nil» inshooti poyiga kimning g‘oyat ko‘rkam va nafis ishlangan haykali qo‘yildi? A)Ahmad al Farg‘oniy B)Muso al Xorazmiy C)Abu Rayhon Beruniy D)Imom at Termiziy 10.«Ikkinchi muallim», «Sharq Arastusi» degan unvonlarga sazovor bo‘lgan ajdodimiz nomi qaysi javobda to’g’ri keltirilgan? A)Ahmad al Farg‘oniy B)Muso al Xorazmiy C)Abu Nasr Forobiy D)Imom at Termiziy 11.Abu Nasr Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari: Platon, Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Porfiriylarning asarlariga sharhlar yozgan. Berilgan mulohaza to’g’rimi? A)Ha B)Yo’q 12.Beruniy nechta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini va dunyo geografik xaritasini tuzgan? A)1029 ta B)1018 ta C)2000 ta D)2022 ta 13.Abu Rayhon Beruniyning X-XI asrlarda yozgan astronomiya, fizika, matematika, geometriya va geografiya fanlari bo‘yicha yirik ilmiy asari qaysi? A)«Kitob al-tafhim» B)«Hindiston» C)«Mineralogiya» D)«Geodeziya» 14.Suratga ta’rif qaysi javobda to’g’ri? A)Forobiy chizmalari asosida tayyorlangan musiqa asboblari B)Beruniyning Yer aylanishi chizmasi C)Abu Nasr Forobiy kitobidagi shohrud musiqiy asbobining chizmasi D)Oydagi kraterlardan biriga Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan 15.Allomalar asarlarini moslashtiring? 1 Abu Nasr Forobiy A Tib qonunlari 2 Abu Rayhon Beruniy B Fozil odamlar shahri 3 Abu Ali ibn Sino C Hindiston 4 Muso Xorazmiy D Zij A)1-b, 2-a, 3-d,4-c C)1-a, 2-b, 3-c,4-d B)1-a, 2-c, 3-b,4-d D)1-b, 2-c, 3-a, 4-d 16.«Avitsenna» deya G‘arbda, «Shayx ar-rais» nomi bilan sharqda mashhur bo’lgan alloma kim? A)Abu Ali ibn Sino B)Muso al Xorazmiy C)Abu Rayhon Beruniy D)Imom at Termiziy 17.O‘zbekistonda Ibn Sino xalqaro jamg‘armasi qachon tuzildi? A)2006-yil B)1996-yil C)1999-yil D)2016-yil 18.«Ilmning avvali sukut qilish, keyin tinglash, keyin uni yod olish, keyin unga amal qilish, keyin esa tarqatish – boshqalarga o‘rgatishdir» Ushbu fikr muallifi kim? A)Imom Buxoriy B)Sh.M.Mirziyoyev C)Abu Homid G‘azzoliy D)I.A.Karimov 19. Kimning davrida Buxoro hisorining ichida jome masjidi va madrasa bino qilingan? A)Mahmud G’aznaviy B)Mas’ud G’aznaviy C)Horun ar-Rashid D)Qutayba ibn Muslim 20. IX asr boshlarida Balxda (1)ta madrasa va (2)ta maktab bo‘lgan. Raqamlarda yashiringan javob qaysi qatorda to’g’ri berilgan? A) 1-700, 2- 440 B) 1-400, 2- 900 C) 1-108, 2- 700 D) 1-400, 2- 700 № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 javob A A A B D A D C A C № 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 javob A A A B D A C C D B |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling