«O’zbekiston tarixi va jahon tarixi» fanlaridan nazorat ishi daftari yuzasidan
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf tarix nazorat ishi yangisi (2)
VII sinf. O’zbekiston tarixi NAZORAT ISHI - 6 1.G‘azna–Afg‘onistonning qaysi qismidagi shahar? A)shimoli-g’arbiy B)janubi-sharqiy C)shimoli-sharqiy D)janubi-g’arbiy 2. Kim shijoatkorlik bilan dushmanlarga qarshi kurashda somoniylarga yordam berib, «Nosiriddin ad-davla» degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi? A)Mas’ud G’aznaviy B)Sabuktegin C)Mahmud G’aznaviy D)Alptegin 3.Xorazmdan ko‘plab boyliklar bilan birga, fan va madaniyat arboblari ham G‘aznaga ko‘chirib keltirilib, ular orasida qaysi buyuk olim ham bor edi? A)Al Xorazmiy C) Mahmud G’aznaviy B)Ibn Sino D)Abu Rayhon Beruniy 4. X asr oxirida Somoniylar davlati qaysi ikkita yangi davlatga ajraldi? A)Qoraxoniylar va G‘aznaviylar davlati B)Qoraxoniylar va Saljuqiylar davlati C)Tohiriylar va G‘aznaviylar davlati D) Saljuqiylar va Tohiriylar davlati 5.Quyidagi ta’rif kimga nisbatan berilgan? Qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon Jonkishning qizi. Gurganch (Urganch) uning xos poytaxti hisoblangan, uning xos saroyi ham mavjud bo‘lgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Sulton Muhammad hukmronligi davrida u saltanat ishlarida yetakchi mavqeni egallagan, uning farmoyishlari va maslahatlari o‘g‘li tomonidan so‘zsiz bajarilgan. A)El Arslon B)Turkon xotun C)Otsiz D)Takash 6.Qoraxoniylarning Turondagi hukmronligi necha yilga yaqin davom etadi? A)100 yil B)150 yil C) 200 yil D) 250 yil 7.Suratdagi qaysi inshoot? A)Ismoil Somoniy maqbarasi B)Minorai kalon C)Mahmud G‘aznaviy masjidi D)Jarqo‘rg‘on minorasi 8. Saljuqiylar saltanatining zaiflashib parchalanishi jarayoni qachondan boshlanadi? A)XI asr ikkinchi yarmida B)X asr ikkinchi yarmida C)XI asr 40-yillarida D)XI asr boshida 9. «Siyosatnoma» asari muallifi kim? A)Abu Ali ibn Sino B)Abu Rayhon Beruniy C)Al Xorazmiy D)Nizomulmulk 10.«Siyosatnoma»ni eng qadiy nusxasi qayerda saqlanadi? A)Erondagi Tebriz Milliy kutubxonasida B)Namangandagi Nodira kutubxonasida C)Rossiyadagi Ermitaj muzeyida D)Londondagi Britaniya muzeyida 11. Qaysi sulola Xorazm doirasidan tashqariga chiqib, boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan? A)anushteginiylar B)temuriylar C)afrig‘iylar D)ma’muniylar 12. Qaysi shahar Xorazm saltanatining birinchi va asosiy poytaxti bo‘lgan? A)Buxoro B)Samarqand C)Choch D)Gurganch 13.Otsiz Buxoroni egallagach, qaysi shaharlarni ham o‘z tasarrufiga o‘tkazadi? A)Samarqand, Choch B)Marv, Samarqand C)Marv, Nishopur D)Gurganch, Nishopur 14.Ikkinchi Iskandar, ikkinchi Sulton Sanjar laqabi bilan mashhur bo‘lgan tarixiy shaxs kim edi? A)Alovuddin Muhammad C)Turkon xotun B)Mahmud G’aznaviy D)Ismoil Somoniy 15.Suratdagi tarixiy shaxs nomi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A)Alovuddin Muhammad B)Mahmud G’aznaviy C)Ismoil Somoniy D)Nizomulmulk 16. Qaysi voqea Alovuddin Muhammadning obro‘-e’tiborini nihoyatda oshirib yuboradi? A) Takash vafotidan keyin taxtga chiqishi B)Ozarbayjon, Eron xorazmshohlar tasarrufiga o’tishi C)Movarounnahrdan qoraxitoylarni haydab chiqarishi D)Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan yerlar xorazmshohlar tasarrufiga o’tishi 17.Xorazmshohlar davlat boshqaruvida qoidaga ko‘ra, kim hojiblikka tayinlanishi mumkin bo‘lgan? A)qabilaboshi B)turkiy aslzodalar vakiligina C)oliy hukmdor D)vazir 18. Bozorda, asosan, kim mahsulotlarning sifatini, idishlarning tozaligini, mahsulotlarning yangiligini, tarozi toshlari va uzunlik o‘lchovchi asboblarning to‘g‘riligini nazorat qilgan, tartibni, ushlab turgan? A)ustozdor B)hojib C) muhtasib D)vazir 19. Kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi nima deb ataladi? A)Etnik o’sish B)Etnik guruh C)Etnik birlik D)Etnik jarayon 20.O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi qaysi etnik guruhlar faol ta’sir ko‘rsatadi? A)kushonlar, xioniylar B)turkiy qabilalar C)kidariylar va eftallar D)barcha javob to’g’ri № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 javob B B D A B C D A D A № 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 javob A D C A A C B C D D Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling