O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Xalq ijodiyoti.
Ta’lim Xalq tomoshalari. XIX asr 15 gan. Chorshanba, payshanba va juma kunlari ta’til bo‘lgan. Talabalar ta’til kunlari o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil ishlashga berilgan topshiriq- larni bajargan. Juma musulmonlarning an’anaviy bayram kuni bo‘lgan va barcha shu kungi ibodatga tayyorgarlik ko‘rgan. Talabalarga esa olayotgan ilmini mustahkamlaydigan amaliy mashg‘ulot kuni sifatida qaralgan. Ta’lim olish muddati ko‘p hollarda cheklanmagan. Ma’lumki, mad- rasalar o‘rta va oliy o‘quv yurtlari sifatida shakllangan bo‘lib, maktablar uchun mullalar, masjidlar uchun imomlar, hukumat idoralari uchun qozi- lar, mirzalar, moliyaviy ishlarni olib boruvchilar, yer-suvni taqsimlovchi- lar singari amaldorlarni tayyorlar edi. Bu davrda Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amir- ligida ilm-fan ma’lum darajada rivojlangan. Xiva xonligida Eltuzar (1804–1806) farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazm ning 1812-yilga qadar bo‘lgan tarixini yozgan. Uning asl ismi Sher- mu hammad Amir Avazbiy o‘g‘li bo‘lib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot, ma’rifatparvar bo‘lgan. U 1819-yilda Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i») tarixiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asar- ning 1-jildini tarjima qilishga ulgurdi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxt lar bog‘i») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy ni- hoyasiga yetkazdi. Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Ernazar biy o‘g‘li bo‘lib, 1809–1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812–1872- yillardagi tarixi ga bag‘ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tari xiga oid «Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iq- bol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy she’riyati, tarixnavislik va tar jimonlik faoliyati O‘rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi. Buxoro amirligida ham bir qator ilm-fan namo- yandalari yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar Ahmad Donish edi. U Bu xoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857-yilda Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. U «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Buxoroi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi», «Navodir ul- vaqoe’» («Nodir vo qealar») asarla rining muallifidir. Ah- mad Donish 1865-yilda amir Muzaffar taklifi bilan «Ma- Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling