17
!
!
!
Xudoyorxon saroyi (1863–1870) alohida o‘rin tutadi. U o‘zining bezak-
lari, naqshlari rang-barang ligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi.
Xonlikning yirik markazi Toshkentda XIX asrning o‘rtalarida qadimiy
inshootlardan Hazrati Imom majmuasini, 1859-yilda Baroqxon madrasa-
sini ta’mirlash ishlari boshlanadi. Shu davrda
Baroqxon madrasasi qar-
shisidagi Mo‘yi muborak madrasasining (XX asr boshida)
qurilishi
yakunlangan. Tillashayx jome masjidi singari inshootlar bunyod etildi.
Bu vaqtga kelib Buxoro amirligi me’moriy qiyofasida ham o‘zgarish-
lar sodir bo‘ldi. Shahar va qishloq aholisi yashaydigan turar joylar va
mahalla guzarlaridagi qurilishlar joylarni yanada obod va ko‘rkam qil-
di.
Kufiy, rayhoniy, nasta’liq yozuv uslublaridan
binolarni bezashda
foydalanish davom ettirildi.
Bu davrda ikki tilda (zullisonayn), ya’ni o‘zbek
va fors tillarida ijod qilingan.
Ayni mahalda bu
mada niyatda o‘zbek adabiyotining ulug‘ namo-
yandalari, ayniqsa,
Alisher Navoiy asos solgan
insonparvarlik va demok ratik an’analar muhim o‘rin tutgan. O‘rta Osiyo
xalqlarining mushtarak tarixi mustahkam do‘stlik zaminiga qurilgan edi.
Minglab she’rlar, g‘azallar va og‘zaki rivo yatlar og‘izdan og‘izga o‘tib,
bahodir yigitlar jasoratini madh etar, botirlar va pahlavonlar haqida kuy-
lar, sadoqat, mardlik, do‘stlik va muhabbat haqidagi dostonlar odamlarda
ishon ch, o‘zaro hurmat tuyg‘ularini uyg‘otib, ezgulikka da’vat etardi.
O‘zingizni sinang!
muhammad Aminxon madrasasi – ... Tillashayx masjidi – ...
Xudoyorxon saroyi – ...
1859-yilda ...
Zullisonayn – ...
mo‘yi muborak madrasasi – ...
O‘rta Osiyo xalqla-
Do'stlaringiz bilan baham: