67
!
!
!
muhofazada» deb e’lon
qilingan joylarda majlis-
yig‘inlarni tarqatish, savdo-sanoat korxonalarini yo-
pish, matbuot organlarini taqiq lash, istalgan odam-
ni surgun qilish, jarima solish va boshqa huquqlarni
oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e’lon qilingan
joylarda esa butun hokimiyat gene ral-gubernator
yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga o‘tdi.
Ushbu qo‘zg‘olonning bostirilishida mustam-
lakachilar o‘z manfaatlari yo‘lida
xalqning urf-
odatlari, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarini top-
tashdan ham qaytmasligini ko‘rsatdilar.
Umuman
olganda, mustamlakachilar har qadamda o‘zlarining o‘lkada hokim va
istilochi ekanliklarini mahalliy aholiga namoyish qildi.
O‘zingizni sinang!
1892-yil 18-iyunda ...
1892-yil 24-iyunda ...
«Kuchli muhofazada»gi hududlar – …
Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1. Mahalliy aholi huquqlarining cheklanishini nimalarda ko‘rasiz?
2. Toshkent qo‘zg‘olonining boshlanish sabablarini ayting va milliy qadri-
yatlarga nimalar kirishini izohlang.
3. Qo‘zg‘olon qachon boshlandi? Mustamlakachilar
va ularga xizmat
qiluv chilarning qaysi harakati xalqni tug‘yonga keltirdi?
4. Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin qanday tadbirlar amalga oshirildi?
19-§. ANDIJON QO‘ZG‘OlONI
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda Rossi-
ya imperiyasi o‘rnatgan mustamlakachilik tuzumi
mahalliy aholini siyosiy huquqlardan mahrum etdi,
milliy, diniy qadriyatlarini tahqirladi, iqtisodini esa imperiya maqsadla-
riga bo‘ysundirib,
xalqning turmushi, moddiy ahvolini yomonlashtirib,
qashshoq lanishiga olib keldi.
1886-yilgi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom»ga
ko‘ra o‘lkada mustamlaka siyosati qonun hujjatlari asosida mustahkam-
lab qo‘yildi. Buning natijasida o‘lka aholisiga nisbatan jabr-zulm yana-
da kuchaydi. Ushbu Nizomning o‘z oldiga qo‘ygan
asosiy maqsadi bu
o‘lkada yer masalasini mustamlakachilik manfaatlariga moslashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: