O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


 Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar, boshqaruv ti- zimi qanday edi? 3


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

2. Qoraqalpoqlarda urug‘chilik va qabilaviy munosabatlar, boshqaruv ti-
zimi qanday edi?
3. Qoraqalpoqlarning tovar-pul munosabatlari haqida gapirib bering.
4. Qaysi Xiva xoni davrida «Qoraqalpoq ulusi» shakllandi?
Ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar
?
?


84
24-§. XIX ASRNING IKKINchI yARmI – 
XX ASR BOShlARIDA QORAQAlPOQlAR mADANIyATI
Tinch hayot izlab bir joydan ikkinchi joyga asrlar 
davomida ko‘chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq 
xalqi moddiy madaniyat yodgorliklarini to‘liq saq-
lab qolish imko niyatiga ega bo‘lmagan.
Xalq iste’dodini namoyon etuvchi boy og‘zaki she’riy ijodiyotning 
janr lari ancha ko‘p bo‘lgan. Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, 
nasihat qo‘shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turar 
edi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan O‘mirbek 
laqqi obrazi orqali razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy il-
latlar hajv yo‘li bilan fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik 
ulug‘langan. Qoraqalpoq xalqi ning og‘zaki ijodi chuqur mazmunga ega-
ligi va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Xalq ma’naviy madaniyatining 
yuksak darajasi ajdodlardan avlodlarga yetkaziladigan xalq dostonlarida, 
termalarida, shuningdek, musiqali o‘lanlarda saqlanib qolgan.
Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston yo‘llari mashhur edi. 
Doston qahramonlik haqida she’riy asarlar bo‘lib, ularda xalq baxt-saodati 
va farovonligi uchun kurashgan mard botirlarning buyuk jasoratlari madh 
etilgan. Ancha mashhur bo‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning 
ozodlik va mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz» 
dostoni alohida ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Olloyor o‘z qizi 
Guloyimga Muyeli degan hosildor yerlarni tortiq qilgani haqida aytiladi. 
Bu joyda Guloyim va uning qirq kanizagi mustahkam bir qal’a barpo 
etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlariga hujum qilib, 
Guloyimning otasini o‘ldirishadi. Sarkub mulklari 
talanadi, sarkubliklarning ko‘pi asir olinib haydab 
ketiladi. Guloyim va uning kanizaklari dushmanga 
qarshi kurashga kirishadi, qoraqalpoqlarni asirlik-
dan ozod qiladi va ona yurtga ozodlikni qaytara-
di. Bu ishda Guloyimga uning oshig‘i xorazm lik 
bahodir Arslon yordam beradi. Dostonning bosh 
g‘oyasi – yuksak vatanparvarlik hissi va ona Va-
tanga, xalqqa fido yilarcha muhabbatdir. «Qirqqiz» 
dostoni bugungi kunda xalq og‘zaki ijodining dur-
donalaridan biri sanaladi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling