O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

 1893-yilda ...
Yodda tuting!
1893-yil Buxoroda birinchi, 1898-yil Qo‘qon shahrida ikkinchi 
jadid maktabi ochildi. 1899-yili Andijonda Shamsiddin domla 
va Toshkentda Mannon qori jadid maktablarini ochadilar. 
Atamalar izohi
Maorif (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga 
qaratilgan ta’lim-tarbiya. 
Jadid (arabcha) – «yangi» degan ma’noni bildiradi.
!
!
!


91
Savol va topshiriqlar
1. Turkistonda jadidchilik harakati qachon vujudga keldi?
2. Jadidchilik harakatining vujudga kelishiga qanday omillar turtki bo‘ldi?
3. Ismoil G‘aspirali va uning faoliyati to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?
4. Jadid maktablarini kimlar tashkil qilgan?
26-§. JADIDlARNING DASTURIy mAQSAD VA VAZIFAlARI
O‘rta Osiyoda taraqqiyparvarlar rivojlangan jami-
yat yara tishdek o‘z g‘oyalarini amalga oshirishda 
mutaassiblik, loqaydlik, qoloqlikka qarshi kurash 
olib borishga alohida ahamiyat berganlar. Ular bu vazifalarni amalga 
oshi rishda quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaganlar: o‘lkada 
yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish, qobiliyatli yoshlarni chet 
elga o‘qishga yuborish, turli ma’rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish, 
gazeta va jurnallar chop etish, xalqning ijtimoiy-siyosiy va madaniy ongini 
yuksaltirish yo‘li bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish edi.
Ilg‘or milliy ziyolilar faoliyatining muhim yo‘nalishi yangi usul 
maktab lari tarmog‘ini kengaytirish edi. Bu maktablar bolalarning tez va 
oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda fanatizm 
va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga 
ham xizmat qilar edi.
Ular ham Sharq, ham G‘arb madaniyati yutuqlarini egallashga intil-
dilar, o‘qidilar va o‘zgalarni ham shunga da’vat etdilar. Ma’rifatparvarlar 
xorijga chiqib, turli mamlakatlardagi madaniyat va ta’lim taraqqiyoti da-
rajasini ko‘ra oldilar, ularni solishtirdilar va bu zehnli yoshlarda jahon 
taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga keltirish istagi paydo bo‘ldi. Natijada 
jadidlarning diqqat markaziga birinchi bosqichda ta’limni isloh etish va-
zifasi qo‘yildi.
Yangi usul maktablarida ta’lim jarayonida Yevropa standartlari me-
zon qilib olingan edi. Arifmetika, tarix, geografiya, tabiatshunoslik asos-
lari si nga ri fanlar bilan bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga 
ham katta e’tibor berilgan.
Yangi darsliklar yaratish masalasi juda dolzarb bo‘lib turar edi. 
Dastlabki paytlarda Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida 
Qozon va Orenburgda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan 
foydalanildi.
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Qo‘qon, Xiva shaharlari 
jadid chilik harakati markaziga aylandi. Bu shaharlarda ochilgan madaniy-
?


Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling