O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Yakunlarni chiqaramiz!
► 
O‘rta Osiyo xonliklarida oliy hukmdor cheksiz siyosiy, ma’muriy, 
sud hokimiyatiga ega bo‘lgan. 
► 
Viloyat va tumanlarni oliy hukmdor tomonidan tayinlangan shaxslar 
bosh qargan. 
► 
Qozilar sud ishlarini islom dini qoidalari asosida olib borganlar.
Savol va topshiriqlar
1. Xiva xonligidagi davlat mansablarini ayting.
2. Qo‘qon xonligining davlat boshqaruvi haqida gapiring.
3. Buxoro amirligidagi mansablarga ta’rif bering.
4. Xonliklarda sud ishlari kimlarning qo‘lida bo‘lgan?
5. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
3-§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘ZBEK XONlIKlARINING
IJTImOIy-IQTISODIy hAyOTI
XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari agrar davlat-
lar edi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yerga 
egalik tartib lari qandayligi, to‘lanadigan soliq va 
to‘ lovlarining miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy 
qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari 
hamda bir qancha katta yer egalari qo‘lida bo‘lgan. Aholining aksari-
yati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mehnat qilib, ijaraga 
olgan yerlari uchun hosil ning bir qismi (ko‘p hollarda hosilning 1/5 
yoki 1/3 qismi)ni xiroj sifatida to‘laganlar.
Xiva xonligida ijaraga yer olgan dehqonlar yarimchi deb atalgan. Chunki 
ular olingan hosilning yarmini ijara haqi qilib to‘lagan. Buxoro amirligi, 
Xiva va Qo‘qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. 
Ular uch turdagi yer egaligidan iborat bo‘lib, amlok – davlat yerlari, mulk –
xususiy yerlar, shuningdek, masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qa-
rashli vaqf yerlari hisob langan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, harbiy sar-
kardalarga davlat tomonidan yerlar in’om etil gan. Vaqf yerlaridan olinadigan 
foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan mutavalli shug‘ullangan. Aholi 
soliq va to‘lovlarni mahsulot yoki pul ko‘rinishida to‘lagan. Bundan tashqari 
?
?

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling