O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1.
- 4–5-§§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘RTA OSIyO AhOlISINING mADANIy hAyOTI
Atamalar izohi
Agrar (lotincha – agrarius) – yerga, dalaga oid – qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan hududga, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga nisbatan qo‘llaniladi. Savol va topshiriqlar 1. XIX asr o‘rtalarida xonliklarda yer egaligining qanday turlari bo‘lgan? 2. Xonliklardagi majburiyatlar xalq ommasiga qanday ta’sir qilgan? 3. Sug‘orish inshootlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Xonliklarda hunarmandchilikning qaysi turlari keng tarqalgan? 5. Xonliklar qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini olib borgan? 14 4–5-§§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘RTA OSIyO AhOlISINING mADANIy hAyOTI Xonliklardagi aholining aksariyati o‘zbek tilida so‘z lashgan. Bu tilda oliyhimmat qahramon va bahodirlarning jasorati, ularning g‘alabalari va adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari – qahramonlik eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa yaqin doston ma’lum bo‘lib, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Shirin va Shakar» doston- lari ularning eng mashhurlari edi. Aholi orasida xalq og‘zaki ijodiyoti katta o‘rin egallagan. Ularda amaldor larning illatlari, saroy a’yonlarining nuqsonlari va ochko‘zligi kul- gi ostiga olinar edi. Ba’zi insofsiz amaldor va boylar qoralangan hamda mehnatkash xalqning oliy janobligi, mardligi madh etilgan. Dostonlarda ko‘pincha ezgulik ning yovuzlik ustidan g‘alabasi g‘oyasi yetakchilik qi- ladi. O‘zlari mavzular to‘qib, ularni o‘zlari ijro etgan qiziqchilar va aski- yachilar ham o‘zbek adabiyoti hamda folklorining rivojida salmoqli hissa qo‘shganlar. Har yili bahorda shahar va qishloqlar atrofl aridagi bog‘lar va chorbog‘larda, qir-u adirlarda xalq sayillari o‘tkazilar edi. Xalq sayillarida sayyor sirk truppalari bozor maydonlarida o‘z tomoshalarini ko‘rsatib, aho- lini xushnud qilgan. Polvonlar o‘rtasida kurash musobaqalari o‘tkazilgan. Har uchala xonlikda ham ta’lim deyarli bir xilda olib borilgan. Buxoro amirligidagi tizim Xiva va Qo‘qon xonliklarida ham joriy etilgan. Madra- salar Olimlar yasovuli lavozimidagi shaxs (bu mansab XVI asrda paydo bo‘lgan) madrasalar ta’limini nazorat qiluvchi, yuqori bo‘g‘in, ya’ni xon yoki amir bilan madrasalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi mansab egasining hukmdorga yozma ma’lumot berib, o‘qish mavsumi boshlanganligini bildirgan. Madrasalarda o‘qish muddati sentabr oyining ikkinchi yarmida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu tariqa o‘qish mavsumi 6 oy davom etgan. O‘quv mavsumining bu tari- qa belgilanishi xalqning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq edi. Mart oyi oxirlaridan dalalarda ekin-tikin ishlari boshlangan. Sentabr oxirlari- da hosil yetilib bo‘lgan. Oradagi 6 oyda talaba dala ishlarida ishtirok etishi va ota-onasi, oilasi- ga moddiy yordam berish imkoniyatiga ega edi. Madrasalarda haftada to‘rt kun – shanba, yak- shanba, dushanba, seshanba o‘qish kuni hisoblan- Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling