O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

O‘zingizni sinang!
Xalq dostonlari – ... maqomlar – ... muhammad Rahimxon II – ...
Tarixiy hujjat
«Biz kim, Xorazm mamlakatining oliy xoqoni Muhammad Rahimxon 
Soniy quyidagi farmoni oliyga imzo chekdik.
Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilinsin. Ushbu 
farmoni oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan yoki uni buzib 
ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!» 
1882­yil
Savol va topshiriqlar
1. Xalq an’anaviy teatrlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Turkiston o‘lkasiga rus teatrlari qachondan kirib kela boshladi?
3. Qo‘qonda dastlabki havaskorlik teatrini kim tashkil qilgan? Uning tash-
kilotchisi haqida nimalarni bilasiz?
4. XIX asr oxirida Turkistonda qaysi musiqa asboblari bo‘lgan?
5. Xorazm maqomi va musiqasi ravnaqida Muhammad Rahimxon II (Feruz)-
ning o‘rni nimalardan iborat?


150
41-§. mE’mORchIlIK VA TASVIRIy SAN’AT
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy ta-
nazzul, o‘zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi 
guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy 
yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyotga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o‘lka taraqqiyotida 
og‘ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o‘zbek me’morchiligini ham 
chetlab o‘tmadi. Shunday bo‘lsa-da, bu davr milliy me’morchiligida be-
takrorlik va rang-baranglik hamda an’anaviy arxitektura saqlanib qoldi.
XIX asrning oxirlarida Buxoro va Xorazm me’-
morchiligi qadimiy an’analarni saqlagan holda 
zamon ruhi bilan boyib bordi. Saroy majmualari, 
madrasa, jome masjidlari, kasalxona kabi davlat va jamoat binolari, shu-
ningdek, ulkan minoralar barpo etildi. Ularni bunyod etganlar o‘z davri-
ning yetuk me’morlari bo‘lib, qadimiy Buxoro va Xivaning tarixiy bino-
larini vujudga keltirishdek og‘ir, lekin sharafli ishga bosh-qosh bo‘lgan 
ajdodlarning binokor avlodlari edilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshla rida nomlari nafaqat Buxoro amirligi, 
balki Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo‘lgan Oblo-
qul va Ibrohim Hofizovlar, Mo‘minjon 
Solihov, Shirin Murodov kabi ko‘plab 
ustalar yetishib chiqdi. XX asr bosh-
larida barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa 
qurilishida yuqorida nomlari zikr etil-
gan me’morlar, ustalar faol qatnashgan 
edilar. Majmua ning maxsus Oqsaroy 
zaliga pardoz berish ishini Usta Shirin 
Murodov boshchiligida bir guruh usta 
ganchkorlar amalga oshirdilar.
Xorazm me’morchilik maktabi ning 
sarkori Odina Muhammad Murod par-
doz hamda naqshinkor parchinlarni 
joylashtirishning barcha sir-sino at larini 
mukammal egallagan. Usta kulollar Nur-
muhammad, Abdujabbor, uning o‘g‘ li 
So‘ fimuhammad Niyoz va Abdullalar 
esa oddiy loydan go‘zal san’at asarla-

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling