O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Musiqa san’ati
Birinchi o‘zbek kino va 
fotooperatori Xudoyber-
gan Devonov (1878–1940)


148
gan edi. Qo‘shiq, yalla va laparlar hazilomuz raqslar va o‘yin jo‘rligida 
ijro etilardi. Termalar ko‘pincha xalq qissago‘ylari bo‘lmish baxshilar va 
shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor kuylarni o‘zida mujassam etgan 
edi. Ashula esa keng qamrovli turli kuy-ohangga ega lirik qo‘shiq hisob-
lanardi. 
Xalq mumtoz shoirlarining g‘azallari va she’rlari ashulalar uchun matn 
bo‘lib xizmat qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida o‘zbek xalqi 
musiqiy ijodiyoti o‘zida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlarni 
mujassamlashtirgan dostonlar («Go‘ro‘g‘li», «Alpomish», «Kuntug‘mish», 
«Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Hasan va Dalli», «Rustam va Avaz») alohi-
da o‘rin tutgan. Mazkur dostonlar to‘rtlik she’r tuzilishiga ega bo‘lib, musi-
qasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi qo‘llanilmagan. 
Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qo‘lida ta’lim olishgan. 
Ko‘p asrlar davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar 
professional musiqaning og‘zaki an’analaridagi bebaho xazinasini tashkil 
etgan. Maqomlar yirik turkumli og‘zaki-cholg‘uli (yakkaxon va cholg‘uli) 
asarlardir.
Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar 
Musiqa asboblari


149
?
?
!
!
!
edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz, uchtor), 
torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puf-
lama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali 
(doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi.
Turkistonning o‘sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijro-
chilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Karnay, nog‘ora yoki doira
ya’ni qattiq jaranglovchi cholg‘u asboblari an’anaviy bayramlarda, to‘y-
tantana larda, ommaviy tomoshalarda jo‘rovoz bo‘lgan; birmuncha past 
jarang lovchi cholg‘u asboblari – surnay, dutor, g‘ijjak esa kamer (xonada) 
yoki konsert (davrada) ijrosiga mo‘ljallangan edi.
Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II
(Feruz) davrida yanada rivojlandi. O‘z davrining ma’rifatli hukmdori 
bo‘lgan Feruz san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib
ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini 
rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling