O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zingizni sinang! Anbar otin – ... Muqimiy – ... Zavqiy – …
- Abdulla Qodiriy
Adabiyot
Muqimiy 142 ! ! ! Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy Qo‘qon shahrida tu g‘il gan. U «Say- lov», «Tanobchilar», «Hapalak qishlog‘i ahlining xonga arzi» va boshqa satirik asarlar, «Qo‘qondan Farg‘o nagacha», «Qo‘qondan Isfaragacha» kabi ilk sayohatnoma larning muallifidir. Anbar otin ham Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she’r lari bilan shuhrat topdi. Shoira Qo‘qon shahrida yashab, ayollarning jamiyat va oiladagi haq- huquqsiz ahvoli to‘g‘ri sida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. Ayollar - ning erkinligi va teng huquqli bo‘lishi uchun kurashga da’vat etgani uchu n shahardagi mutaassib kayfiyatdagi kuchlar tomonidan kaltaklan- di va ko‘p o‘tmay hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbek shoirlarining she’rlari keng xalq ommasi yuragiga yo‘l topdi. Ularning she’rlari asosida ko‘plab qo‘shiqlar yaratildi. XX asr boshlarida o‘zbek adabiyotida yangi janrlar paydo bo‘ldi. Nasrda yaratilgan asarlar ham dunyo yuzini ko‘rdi. Ayniqsa, jadid ada- biyoti rivojlandi. Bu adabiyot mazmunida mamlakatdagi og‘ir sharoit va mustamlakachilik tizimi illatlari qoralandi. O‘zingizni sinang! Anbar otin – ... Muqimiy – ... Zavqiy – … Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Tur- kiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning «Juvon- boz» hikoyasi, «Baxtsiz kuyov» pyesasi va qator romanlarini xalq sevib o‘qiy boshladi. Nasrda ijod qilish xalq uchun eng ommabop va tushunarli adabiyot shakli edi. Shuning uchun ham jadidlar o‘z g‘oya larini keng xalq ommasiga singdi- rish maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa yaqinlashish ning eng samarali yo‘li sifatida xalq milliy teatrini yara- tishdi. 1911–1913-yillarda Turkistonning turli sha- harlarida teatrlar tashkil etildi. Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi nutq va teatr aktyo rining harakatlari xalq ommasiga nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi. Jadid teatrlarida 1911–1917-yillarda 25 ta pyesa Abdulla Qodiriy 143 namoyish etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylan- di. Bu paytda spektakllarning aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilib, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi. Jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur pyesa – «Padarkush»da otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlarning kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Nus- ratilla Qudratilla qalamiga mansub «To‘y» asarida oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olindi. Pyesada oila boshlig‘ining serhasham sunnat to‘yi uchun puli yetmay qolganida qarz olishga majbur bo‘lganligi va ko‘p o‘tmay to‘lovga layoqatsizligi oqibatida qarzdorning qamoqqa olinishi ko‘rsatilgan. Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma’naviy boy adabiyot xalq on- gini uyg‘otuvchi eng muhim vosita bo‘ldi. Uning atoqli namoyandalari esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling