Payme bu to’lovlar uchun universal ilova bo’lib, so’nggi so’rovnoma natijalariga ko’ra foydalanuvchilar orasida eng ommabop ilovadir


Download 262.58 Kb.
bet1/2
Sana22.04.2023
Hajmi262.58 Kb.
#1380702
  1   2
Bog'liq
Mobil ilova 1-lab


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Dasturiy injinering” fakulteti
314-20 guruh talabasi
Mahmadshoyev Shohabbosning
Mobil ilovalarni ishlab chiqish fanidan
1-labaratoriya ishi

Toshkent 2023


Payme – eng ommabop ilova!
Payme – bu to’lovlar uchun universal ilova bo’lib, so’nggi so’rovnoma natijalariga ko’ra foydalanuvchilar orasida eng ommabop ilovadir. Payme boshqa hech qaysi ilovanikiga o’xshamaydigan, chiroyli, qulay va tushunarli interfeysga ega. 
Payme ilovasida quyidagi turdagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

  • Mobil aloqa;

  • Internet provayderlar;

  • Televideniye;

  • Telefoniya;

  • Kommunal xizmatlar;

  • Kreditni so’ndirish;

  • Xosting va domenlar;

  • Internet xizmatlar;

  • Xayriya;

  • Soliqlar;

  • Davlat xizmatlari;

  • Ta’lim;

  • Sug’urta;

  • Taksi;

  • Xalqaro xizmatlar va hokazo.

Bu kabi xizmatlar uchun to’lov amalga oshirish imkoniyati deyarli barcha ilovalarda bor, ammo Paymening ustunligi xizmatlar sonining ko’pligida. Ya’ni, boshqa ilovalarda mavjud bo’lmagan xizmatlarni Paymea borligidir. Qulaylik uchun esa, ekranning yuqori qismida qidiruv qatori joylashtirilgan. 
Shuningdek, nafaqat To’lovlar bo’limida mavjud turli tashkilotlarga, balki joylardagi xizmatlar uchun ham (kafe, dorixona, do’konlar va hokazo), Joylarda to’lov bo’limida mavjud xizmatlar uchun, kartasiz, ilova orqali to’lovlarni amalga oshirish mumkin. 
Payme PASS bo’limi orqali esa, hatto Joylarda to’lov bo’limida mavjud bo’lmagan xizmatlar uchun ham to’lashingiz mumkin. Buning uchun Payme PASS bo’limiga kirib, kassa xodimiga ekrandagi QR-kodni ko’rsatishingiz va xodim QR-kodni skanerlab to’lovni qabul qilishi kerak bo’ladi.
Hozirda Paymeda o’tkazmalar uchun komissiya Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun – 1%, Humo-Humo uchun 0,8% qilib belgilangan. Hamda, Uzcard-Uzcard, Uzcard-Humo, Humo-Uzcard yo’nalishlari uchun – 0,25% va Humo-Humo yo’nalishi uchun 0,5% miqdorida Payme hamyonga keshbek taqdim qilinadi. Aytish kerakki, Payme, ilovalar orasida eng katta miqdorda keshbek taqdim qiluvchi ilovadir.
Ushbu ilovaning ustunliklaridan yana biri, o’tkazmalarni telefon raqami orqali qabul qiluvchining kartasiga yuborish imkoniyati mavjudligidadir. Ya’ni, tanishingizni karta raqamini bilmasangiz, ammo aniq Paymedan foydalanishini bilsangiz, uning telefon raqami orqali ham pul yuborishingiz mumkin.
Hozirda sanoqli ilovalardagina bor bo’lgan oflayn rejimda ishlay olish xususiyati Paymening eng ajoyib imkoniyatlaridan yana biridir. Aytaylik, internetdan foydalana olmaydigan holdasiz. Bunda ilovani ochganingizda avtomatik tarzda oflayn rejimga o’tish taklif qilinadi. Taklifni qabul qilganingizdan so’ng ilova oflayn rejimga o’tadi. Oflayn rejimda cheklangan miqdordagi to’lov turlarini amalga oshirishingiz mumkin. Biroq asosiysi, mobil aloqa va ba’zi boshqa xizmatlar uchun to’lov qilish hamda o’tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati bor. Payme oflayn rejimda USSD-komandalar orqali ishlaydi. Shu sabab u internetsiz ham ishlay oladi. Shunday ekan, Payme uchun hatto internetsiz qolish ham muammo emas! Istagan payt va istagan joyda, internetsiz, telefoningizni hisobini to’ldirib, yana internet va qo’ng’iroqlardan foydalanishingiz mumkin. 
Mening uyim bo’limida barcha kommunal to’lov hisoblarini (elektr energiyasi, sovuq suv, issiq suv va isitish, gaz, chiqindi, shahar va mobil telefon aloqasi, internet) kiritib qo’yishingiz, hisobda qancha pul qolganini ko’rishingiz va hisobni tez to’ldirishingiz mumkin. Bu juda qulay!
Avtoto’lov bo’limida esa, kerakli hisobni (masalan, mobil aloqa raqamini) doim vaqtida to’ldirilishini sozlab qo’yishingiz mumkin. Bunda belgilangan sana va vaqtda yoki hisobdagi pul belgilangan minimumga yetganida ilova avtomatik tarzda o’zi to’lovni amalga oshiradi.
Ilovada yana Payme kobrend kartasiga yetkazib berish bilan buyurtma berishingiz yoki Visa virtual kartasini ochib, internet do’konlarda to’lashingiz mumkin. 
Aviachiptalar bo’limi yordamida esa, kerakli parvoz yo’nalishini, sana va vaqtni tanlab chiptani xarid qilishingiz mumkin. 
Xulosa qiladigan bo’lsak, Payme – to’lov ilovalari ichida taqdim qilayotgan imkoniyatlari bo’yicha eng yaxshi va foydalanuvchilar orasida eng ommabop ilovalardan biridir!
1. Platformani tanlash: dastlab dasturni qaysi platforma (Android, iOS, Windows Phone) uchun yaratmoqchi ekanligimizni aniqlaymiz. Mobil dasturlar uchun eng keng tarqalgan platforma Android.Shuning uchun biz android platformasini tanlaymiz.
2. Talablarni tahlil qilish: talablarni tahlil qilib, foydalanuvchilar uchun ilovaning qanday imkoniyatlari mavjud bo’lishi va interfeysning qulay hamda jozibador bo‘lishi kerakligini ta’minlashimiz mumkin.
3. Foydalanuvchi interfeysining dizaynini ishlab chiqish: mobil ilovani yaratishda bir necha ilovalarning foydalanuvchi interfeysining prototipi va dizaynini yaratish (UI) tahlil qilindi ,sababi bu o‘ta muhim bosqichdir. UI foydalanuvchi uchun aniq va oson tushuntirilishi kerak.

Download 262.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling