O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Tarix fanidagi 
yutuqlar
Ulug‘bek rasadxonasi


140
!
!
!
Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik tarixiy asarini meros qoldirgan. Bular 
«Xorazm tarixi» va «Shajarai Xorazmshohiy» asarlaridir. 
Rus tadqiqotchilari ham o‘lkadagi tarix fani rivojiga sezilarli hissa 
qo‘shgan. Ulardan biri sharqshunos va arxeolog V. Vyatkin (1869–1932) 
bo‘lib, u Samarqandda faoliyat yuritdi. V. Vyatkin mahalliy tarixchilar 
bilan birgalikda ancha vaqt Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini izladi. 1908-
yilda rasad xona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob-
uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo‘ldi. U «Shohizinda», 
«Cho‘ponota», «Afrosiyob qo‘rg‘oni» asarlarini yozdi. Rus va o‘zbek 
tillarini o‘rganish bo‘yicha qator darsliklar muallifi bo‘ldi.
1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari to‘garagining qat-
nashchilari o‘lkadagi tarixiy yodgorliklarni o‘rganishga kirishdi. Garchi 
qidiruv va qazish ishlari kamdan kam o‘tkazilgan bo‘lsa-da, ular ayrim 
arxeologik obyektlarni izlab topish va yodgorliklarni tavsiflash bilan 
shug‘ullanib, sohaga muayyan hissa qo‘shdilar.
O‘zingizni sinang!
mulla Olim maxdum hoji – ... 
 
V. Vyatkin – ...
1895-yilda ...
 
 
 
muhammad Solih – ...
 
 
 yusuf Bayoniy – ...
O‘rta Osiyoni imperiyaning bir qismiga aylandi 
deb hisoblagan mustamlakachi hukumat o‘lkani 
faol o‘z lashtirish maqsadida ilm-fanni rivojlanti-
rishga ham harakat qildi. Eng avvalo, 1867-yilda mintaqaning bosh xa-
ritasi tuzib chi qildi. Hududni xaritalashtirish va iqlimini o‘rganish uchun 
Toshkentda meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yetish-
masligi sa babli uzoq vaqt davomida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlarni 
shakllantirish amalga oshirilmadi. Faqat XIX asrning 90-yillarida va 
XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tad qiqot ishlari avj oldi. Mashhur rus zoologi va sayyohi 
N. A. Seversev Pomir tog‘ tizimini o‘rganib chiqdi. U sayohati davomi-
da botanikaga va minerallarga oid namunalar to‘pladi. P. P. Semyonov-
Tyanshanskiy Tyanshan tog‘ tizi mini o‘rganib, muzlik, vulqonlar haqi-
da qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi. A.P. Fedchenko Farg‘ona vodiysi va 
Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiy si bilan Qizilqumni ham tekshirib 
chiqdi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling