O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Yodda tuting!
XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari uch-
ramagan manzaralar – suzib borayotgan kema, temiryo‘llar 
va hayvonlar tasvirlangan naqshlar kirib kela boshladi.
Yakunlarni chiqaramiz!

Sitorai Mohi Xosa – Buxoro amirining yozgi qarorgohi.

Nurullaboy saroyi – Sharq va G‘arb an’analari asosida bunyod etil-
gan.

Buxoro va Xiva xonliklari – me’morchilikning o‘ziga xos uslublari.

Naqsh amaliy san’ati markazi Buxoro edi.
Savol va topshiriqlar
1. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston me’morchiligida qanday 
o‘ziga xoslik kuzatildi?
2. Buxoro va Xivadagi me’morchilik maktablari uslublarini farqlab bering.
3. Farg‘ona vodiysida qachondan Yevropa me’morchiligi an’analari ku-
chaydi?
4. G‘arb va Sharq an’analari uslubida qurilgan inshootlarni sanab bering.
5. Turkiston tasviriy san’atida mustamlaka sharoitida qanday o‘zgarishlar 
yuz berdi?
?
?


155
X U l O S A
XVIII asrda uch xonlikdagi o‘zaro urushlar, ichki nizolar va paro-
kandalik yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi. 
Natijada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston 
xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi. Podsho hukumati o‘lkani siyosiy-
hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xal-
qini ma’naviy-ruhiy bo‘ysundirishga harakat qildi. Podsho hukumati to-
monidan joriy qilingan siyosiy tuzum o‘lkada mustamlakachilik hukm-
ronligini qaror toptirishga va o‘zbek milliy davlatchiligini yo‘q qilishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirdi. 
Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni tarixiy murakkab 
va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilli-
gi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan 
turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda 
o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan 
judo bo‘lishi shubhasizdir.
Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi ko‘pgina sabablar bilan 
bir qatorda o‘sha davrda mavjud bo‘lgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, 
davlat hukmdorlarining uzoqni ko‘rishga qodir emasligi, ma’naviy-ruhiy 
ojizligi oqibatida ro‘y berganini ko‘plab tarixiy misollar asoslab turibdi. 
Bu achchiq bo‘lgan haqiqat barchamizga, ayniqsa, bugun hayotga katta 
umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz, yosh avlodga doimo saboq 
bo‘lishi lozim.
Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog‘-kon sanoati, 
paxtachilik sanoati, temiryo‘l transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya 
imperiyasi sanoati ehtiyojlarini ta’minlashga mo‘ljallangan edi. Ana shu 
korxona mahsulotlarining tashib ketilishi bu korxonalarni foyda ko‘rish 
va ishlab chiqa rishni zamonaviylashtirishga imkon bermadi.
Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkis-
ton hunarmandchilik-kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa 
o‘z navbatida o‘lkaning iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada 
kuchaytirdi.


156
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1998-yil bir 
guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya imperiyasi 
o‘tkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish 
vazifasini ilgari surib, shunday savolni ko‘ndalang qo‘ygan edi: «... har 
tomonlama mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning ma daniyati
milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi, hech bir mubolag‘asiz ay-
tish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi kerak bo‘lgan sharoitda 
baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham, millatimiz o‘zligini saqlab 
qoldimi yo yo‘qmi?»
albatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchi-
lar darsliklarda tarixiy ma’lumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustam-
lakachilarining jabr-zulmi sharoitida ham xalqimiz o‘zligini, milliy qad-
riyatlarini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qolganini 
o‘quvchilarga yetkazib bermoqdalar. 
Mustamlaka davrida ham mamlakatimiz to‘la-to‘kis dunyo sivili-
zatsiyasidan ajralib qolmadi. Rossiya imperiyasi manfaatlariga xizmat 
qilsa-da, turli zavod va fabrikalar, banklar, tijorat tashkilotlari hamda 
temiryo‘l kirib keldi.
Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning 
erkinlikka, taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan azaliy intiqlik kayfiyati 
so‘nmadi. Xal qimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va 
ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada 
O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling