O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Buxoro amirligi-
ning Rossiya protektoratiga aylantirilishi Jo‘rabek. Kitob hokimi Bobobek. Shahrisabz hokimi 2 – O‘zbekiston tarixi, 9 34 dan Buxoro hukm dori vassal deb ham yuritiladi. Ros siya savdo garlariga amirlikda erkin savdo qi lishiga sharoit yaratib berish va ularni himoya qi- lishni o‘z zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogarlarga sav do agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj umu miy qiymat- ning 2,5 foizidan oshmasligi belgilanib, ular amirlik hududidan boshqa davlatlarga erkin o‘tish huquqini oldi. Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoq- likka mahkum etgan sharmandali shartnoma bo‘ldi. Amirning tobelik si- yosatidan norozi bo‘lgan kuchlar o‘z harakatini boshladi. Xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Amir Muzaffarning katta o‘g‘li Abdumalik to‘ra, Jo‘rabek va Bo bobeklar bosh chiligidagi qo‘shin Samar qandni ozod qilish uchun kurashlarini davom ettirdi. Ular amir Muzaffarning taxtdan tushi- rilganligini va Abdumalik to‘ra amir etib tayinlanganini e’lon qildi. Xalq qo‘shinlari avval Shahri sabzni, so‘ng Qarshi va Karmana shaharlarini o‘z qo‘llariga olishdi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman tomonidan bu harakatlarning oldini olish va bostirish uchun I. F. Abramov boshchi- ligidagi qo‘shin yuborildi. Zamonaviy qurollar bilan ta’minlanmaganligi sababli janglarda qo‘zg‘olonchilar egallab olgan hududlaridan birin-ketin surib chiqarila boshlandi. Natijada Abdumalik to‘ra Xiva xonligi hudu- diga, undan Afg‘onistonga o‘tib ketdi. Afg‘on amiri Sheralixon Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishini rejalashtir- gani uchun unga yordam bermadi. Hech qayerdan yordam ololmagan Abdumalik to‘ra Peshovarga ketadi va u yerda 1909-yilda vafot etadi. Shunday qilib, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi istilochilik uru- shining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amir- ligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi. Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873-yilda amir- likka o‘z vakilini tayinlash huquqini beruvchi yan- gi shartnomani imzoladi. Bu vakilning roziligisiz amirlik biror-bir ichki hamda tashqi siyo- siy masalani hal qila olmaydigan bo‘ldi. Shartnomaning 14-moddasida: «Rossiya hukumatidan ijozat bo‘lmagan, kim bo‘- lishidan qat’i nazar, har xil kimsa larni Buxoro hukumati qabul qilmaydi», – deb ko‘rsatilgan. Shartnomaga muvofiq har kuni ertalab qo‘shbegi vakil dan kerakli ko‘rsatmalarni olib amirga yetkazishi shart Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling