O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar 1.
- Qo‘qon xonligi O‘rta Osiyo davlat- larining aholisi 8 Xiva xonligining
Yakunlarni chiqaramiz!
► Ularning hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston yerlarining bir qismini ham o‘z ichiga olgan. ► Buxoro amirligi: 40 ta beklik – 2 mln aholi. Xiva xonligi: 18 ta beklik, 2 ta noiblik – 800 ming aholi. Qo‘qon xonligi: 15 ta beklik – 3 mln aholi. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xon- liklari hududini chegaralab be ring. 2. XIX asr o‘rtalarida xonliklar aholisi haqida gapirib bering. 3. 6-betdagi xaritadan foydalanib, quyidagi jadvalni to‘ldiring. Xonliklarga tegishli hududlarni ajratib yozing. Buxoro amirligi Xiva xonligi Qo‘qon xonligi O‘rta Osiyo davlat- larining aholisi 8 Xiva xonligining davlat boshqaruvi 2-§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘ZBEK XONlIKlARINING mA’mURIy BOShQARUV TIZImI Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, unin g hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o‘t gan. amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub chek lanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan hukm dorlar boshqargan. Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro ho- kimiyati bosh vazir – qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman ho- kimlari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan. Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yu- ritishga mas’ul mirzaboshi bo‘ysungan. Amirlikda soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ish va ularni hisobga olib borishga javobgar kishi mushrif hisoblan- gan. Dodxoh lavozimini egallab turgan shaxs xalqning shikoyatlari bilan shug‘ullangan. Oliy hukmdor farmonlarini parvonachi e’lon qilgan. Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qi lishni shayxul islom bajargan. Shayxulislomga bo‘ysungan muftiy diniy-huquqiy masalalar bilan muhtasiblar esa shariat qoidalari ning bajarilishi va amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullangan. Bu xoro amirligida sud boshlig‘i qozikalon, raiskalon hisoblangan. Vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug‘ullangan. Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi – valiahd tarbiyasi bilan otaliq mashg‘ul bo‘lgan. To‘pchiboshi amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni bo‘lgan. Amirlikning shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga amir soqchilari boshlig‘i – mirshabboshi mas’ul hisob langan. Ko‘kaldosh mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do‘stlari va dush- manlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan. Bu xoro amirligida davlat boshqa ruvi, moliya, sud, mirshablik va harbiy ishlar amirning qarindoshlari, o‘ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan. Ular o‘z faoliyatlarini bajarishda katta huquq va imtiyozlarga ega bo‘lganlar. Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisob- langan. U cheklanmagan ma’muriy, harbiy ho- Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling