Dunyoning mashhur korporatsiyalari


Download 5.01 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1344124
Bog'liq
Dunyoning mashhur korporatsiyalari-fayllar.org


Dunyoning mashhur korporatsiyalari

Dunyoning mashhur korporatsiyalari.

Mikroiqtisodiyot.


Korporatsiya o’zi nima?


  • Korporatsiya (lotinchacorporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiya- dorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. 

Amazon


  • Brend narxi: $139,286 mlrd

  • Ushbu yirik internet-do’konning tarixi 1995 yilning 16 iyulida boshlangan. Unga Jeff Bezos ismli biznesmen asos soldi.

  • Avvaliga internet-do’kon faqatgina kitob savdosi bilan shug’ullangan. Keyinchalik uning assortimenti kengaytirilgan: oldin audio, keyinchalik esa videomahsulotlar ham qo’shilgan. Bugungi kunda Amazon.com o’z foydalanuvchilariga bir necha toifa mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bularga elektronika, kiyim-kechak, sport mahsulotlari va hattoki oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

  • Bir yil ichida kompaniya reytingda uchta pog’onaga ko’tarilib, 4-chi o’rinni egalladi.

SAMSUNG


  • Qiymati: $94,5 mlrd. 

  • Soha: Elektronika.

  • Mahsulotlar: elektronika, maishiy texnika, kemasozlik, samolyotlar, moliya, kimyo, ko'ngilochar mahsulotlar.

  • Samsung xalqaro elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tanilgan.

  • U 1938 yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan. 1969 yilda Sanyo va Samsung birlashdilar va Samsung Group paydo bo’ldi. Marketing usullarida o'zgarishlar yuz berdi va kompaniyaning vazifasi o'zgartirildi. 1980 yilda birinchi Samsung konditsionerlik modellari paydo bo'ldi, bu kompaniyaning HVAC uskunalari sohasida Yevropa va Osiyo bozorlarida muvaffaqiyatli rivojlanishining boshlanishi edi.

  • 1983 yilda kompaniya shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqarishni boshladi. 1991-1992 yillarda birinchi qator mobil telefonlarning yaratilishi yakunlandi. Samsung Electronics 1999 yilda Forbes Global jurnalidan maishiy elektronika ishlab chiqarish sohasidagi mukofotiga sazovor bo'ldi.

  • Hozirda Samsung Group turli xil mahsulotlarga yo'naltirilgan ko'plab ishlab chiqarish yo'nalishlariga ega.

  • Bosh ofisi Koreya Respublikasi Kyongide provinsiyasining poytaxti Suvon shahrida joylashgan.

Apple


  • Brend narxi: $234,671 mlrd

  • Bugungi kunda Apple – IT- sanoatining jahondagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lib, kompyuter, notebooklar, mediaplyeyerlar hamda turli xil dastur ta’minotining ishlab chiqaruvchisidir.

  • Apple ko’p sohada faoliyat yurituvchi industriyaning ilk kompaniyalaridan biridir: ilk personal kompyuterlar, PK dagi ko’p rangli ilk displeylar, grafikali interfeysli ilk operatsion tizimlar, sichqoncha (mishka) orqali boshqariladiganilk kompyuterlar, ilk personal audiopleyer, birinchi musiqali-internet do’kon va hokazo.

  • O’tgan yilidagidek, bu yili ham kompaniya Google brendidan keyin ikkinchi o’rinda turibdi.

Ford Motor kompaniyasi. Uning yillik daromati



  • 149,558 milliard dollarni tashkil etdi.

Google


  • Brend narxi: $245,581 mlrd

  • Google brendining tarixi Google Inc kompaniyasining ro’yxatga olinishi bilan boshlangan. 1998 yil 7 yanvarda AQSH ning Kaliforniya shtati Menlo-Park shahrida tashkil topdi, unga Stenford universitetining aspirantlari Lerri Peydj va Sergey Brinlar asos soldilar.

  • Google nomi – googol so’zining ingliz tilida yozilishidir. Bu so’z matimatik ibora bo’lib, bir soni hamda yuzta noldan iborat bo’lgan raqamning belgisidir.

  • Bu nom kompaniyaning maqsadini ifoda etadi – kerakli ma’lumotlarni qidirib topish uchun cheksiz imkoniyatlar bazasi.

Microsoft


  • Brend narxi: $143,222 mlrd

  • Stol kompyuterlari, mobil moslamalar, klasterlar, serverlar va o’yin konsollari uchun dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya.

  • Dastur tayyorlashdan tashqari kompaniya o’yinlar, kompyuterni boshqaruvchi turli moslamalar va audiopleyerlar ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanadi.

  • Microsoft tarixi – bu katta muvaffaqiyat hamda doimiy rivojlanish tarixidir.

  • Korporatsiya xatolarga ham yo’l qo’ygan, biroq ularni albatta to’g’irlagan, natijada yangi sohada sinalib, yangi rekordlarni qo’ygan va izlanishdan to’xtamagan. Ushbu brendning reytingdagi pozitsiyasi o’zgarmadi, u avvalgidek uchinchi o’rinni egallab kelmoqda.

  • AT&T kompaniyasi. Uning yillik daromati 146,801

  • milliard dollarni tashkil etdi.


«Walmart» supermarketlar zanjiriga nasib etdi.

Uning daromadi 482,130 milliard dollarni tashkil qildi. 
http://fayllar.org
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling