O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

1916-yil Toshkentdagi
qo‘zg‘olon 
keng tus olib ketdi. U yerda ham mahalliy aholi 
ma’muriyat vakillariga bo‘ysunmay qo‘yadi.
Qo‘zg‘olon iyul oyining o‘rtalarida Far-
g‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Mar-
g‘ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida kes-
kin tus oldi. Jumladan, 9-iyul kuni Andijonda 
podsho farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng 
tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan 
qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib 
namoyishga chiqdilar. Ularga politsiya va har-
biy kuchlar qarshi qo‘yildi. Qo‘zg‘olonchilarni tarqatish paytida ulardan 3 
kishi otib o‘ldirildi, 12 kishi yarador bo‘ldi. 
10-iyulda Eski Marg‘ilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, 
bozor atrofiga yig‘ildi. Qo‘zg‘olonchilar mar di korlikni bekor qilishni ta-
lab qi lib mahal liy ma’muriyat idoralariga kirdilar. Ular mustamlakachilar-
ning xizmati da bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uy lariga, ma’muriy 
binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 ta mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jaro-
hatlandi. Qo‘zg‘olonning kucha yib ketganligidan xavotirga tushgan vi-
loyat ma’muriyati zudlik bilan ularga qarshi harbiy kuch yubordi. Ular 
qo‘zg‘olonchilardan 63 kishini otib o‘ldirdi va ko‘pchilikni yarador qildi. 
Shahrixonda ham qo‘zg‘olonchilardan 16 ta kishi o‘ldirildi, ko‘pchilik 
yarador bo‘l di. 11-iyulda Namanganda ko‘tarilgan qo‘z g‘olon ham jiddiy 
tus oldi. Labbaytog‘a dahasida yig‘ilgan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi 
kuchli qurollangan rota tashlandi va qo‘zg‘olonchilar tarqatib yuborildi. 
Mustamlakachi hukumat politsiyasi va harbiy kuchlari bilan qo‘zg‘o-
lonchilar o‘r ta sida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz namoyishchilardan 
ko‘pchiligi o‘ldirildi va yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham 
bo‘lganligi mustamlakachilarning beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi.
Yodda tuting!

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling