1916-yil Toshkentdagi
qo‘zg‘olon
keng tus olib ketdi. U yerda ham mahalliy aholi
ma’muriyat vakillariga bo‘ysunmay qo‘yadi.
Qo‘zg‘olon iyul oyining o‘rtalarida Far-
g‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Mar-
g‘ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida kes-
kin tus oldi. Jumladan, 9-iyul kuni Andijonda
podsho farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng
tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan
qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib
namoyishga chiqdilar. Ularga politsiya va har-
biy kuchlar qarshi qo‘yildi. Qo‘zg‘olonchilarni tarqatish paytida ulardan 3
kishi otib o‘ldirildi, 12 kishi yarador bo‘ldi.
10-iyulda Eski Marg‘ilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib,
bozor atrofiga yig‘ildi. Qo‘zg‘olonchilar mar di korlikni bekor qilishni ta-
lab qi lib mahal liy ma’muriyat idoralariga kirdilar. Ular mustamlakachilar-
ning xizmati da bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uy lariga, ma’muriy
binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 ta mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jaro-
hatlandi. Qo‘zg‘olonning kucha yib ketganligidan xavotirga tushgan vi-
loyat ma’muriyati zudlik bilan ularga qarshi harbiy kuch yubordi. Ular
qo‘zg‘olonchilardan 63 kishini otib o‘ldirdi va ko‘pchilikni yarador qildi.
Shahrixonda ham qo‘zg‘olonchilardan 16 ta kishi o‘ldirildi, ko‘pchilik
yarador bo‘l di. 11-iyulda Namanganda ko‘tarilgan qo‘z g‘olon ham jiddiy
tus oldi. Labbaytog‘a dahasida yig‘ilgan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi
kuchli qurollangan rota tashlandi va qo‘zg‘olonchilar tarqatib yuborildi.
Mustamlakachi hukumat politsiyasi va harbiy kuchlari bilan qo‘zg‘o-
lonchilar o‘r ta sida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz namoyishchilardan
ko‘pchiligi o‘ldirildi va yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham
bo‘lganligi mustamlakachilarning beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi.
Yodda tuting!
Do'stlaringiz bilan baham: |