O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Podsho farmoniga muvofiq Turkiston o‘lkasining Sirdaryo


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Podsho farmoniga muvofiq Turkiston o‘lkasining Sirdaryo 
viloyatidan 87 ming, Samarqanddan 38 ming, Farg‘onadan
50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi.
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘zg‘olon boshlanishiga nima sabab bo‘lgan?
2. Qo‘zg‘olonchilar, asosan, qaysi jarayonga qarshi chiqdilar?
3. Turkistondagi 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar dastlab qayerlarda boshlandi?
4. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari, asosan, qaysi tabaqa vakillari bo‘lgan?
?
?


106
31-§. JIZZAX QO‘ZG‘OlONI
Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlik-
ka olis h to‘g‘risidagi farmoni Turkiston o‘lkasining 
barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar 
mahalliy aholining milliy-ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular ora-
sida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon o‘lkada mustamlakachilar zulmi-
dan ozod bo‘lish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga 
aylandi. 
Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, 
ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib keltiril-
ganlarga berib yuborilishi, soliqlarning ko‘payib borishi ularning ahvoli 
yomonlashishiga olib keldi. Aholining 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan 
erkaklari front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi butun o‘lkadagi kabi 
Jizzaxda ham jabr-zulm, adolatsizliklardan tobora keskinlashib borayot-
gan norozilik chi qishlari xalq qo‘zg‘oloniga aylanishiga olib keldi. Mar-
dikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro‘yxatiga muvofiq Samarqand vi-
loyatining Jizzax uyezdidan 11 ming kishi belgilandi. 1916-yil 3-iyulda 
farmon e’lon qilinishi bilan xalq orasida norozilik boshlanib ketdi. 
5-iyulda dastlabki g‘alayonlar boshlandi. Bunda aholi farmonning bekor 
qilinishini, ro‘yxat tuzishni to‘xtatishni talab qiladi. Jizzax qo‘zg‘oloniga 
Nazirxo‘ja eshon va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qilganlar. 
Jizzax aholisi mardikorlikka qarshi ommaviy qo‘zg‘olon ko‘tarish 
maqsadida boshqa shaharlarga, jumladan, Toshkent, Samarqand va 
ko‘plab atrof dagi qishloqlarga o‘z vakillarini yubordilar. 13-iyulda Jiz-
zax shahrida Damin kulol boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka 
olish bo‘yicha ro‘yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyo-
rov oldiga bordilar. Undagi ro‘yxat, asosan, kambag‘al oila vakillaridan 
tuzilgan bo‘lib chiqdi. Bundan norozi bo‘lgan aholi ro‘yxatni berishni 
va uni qaytadan tuzishni talab qildilar. Mirzayor Xudoyorov ro‘yxatni 
bermay, to‘plangan odamlarni haqorat qildi. Bu holat aholining kes-
kin noroziligini keltirib chiqardi. Shundan keyin ketmon, tayoqlar bi-
lan qurollangan qo‘zg‘olonchilar Jizzaxning yangi shahar qismiga yo‘l 
oladi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun uyezd boshlig‘i o‘z yordamchilari 
bilan yetib keladi, lekin ularni qaytara olmaydi. Qo‘zg‘olonchilar safiga 
shahar va uning atrofidan ko‘plab kishilar qo‘shildi. Nazirxo‘ja eshon 
qo‘zg‘olonchilarga umumiy rahbar bo‘ldi. 
Jizzax qo‘zg‘oloni ishtirokchilari mustamlakachi ma’muriyatga te-

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling