O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 5.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/143
Sana01.11.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1738115
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
Bog'liq
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy

Qo‘zg‘olonning 
ahamiyati
day bo‘lsa-da, qo‘zg‘olonchilarning taktik va strategik uquvsizligi, ahil-
likda va birdamlikda harakat qilmasligi pand berdi. 
Qo‘zg‘olon xalq ommasi uchun juda katta yo‘qotishlarni olib keldi. 
Bi rinchidan, aholisi qo‘zg‘olonda qatnashgan Jizzax atrofidagi qishloq-
lar yondirib yuborildi, natijada ko‘pchilik uy-joysiz qoldi. 
Ikkin chidan, 
qo‘zg‘olon yoz faslida bo‘lib o‘tganligi bois ekinzorlar, qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari nobud bo‘ldi. Buning natijasida Turkiston aholisi 1916–
1917-yillar qish oylari uchun g‘amlaydigan oziq-ovqat zaxirasining kat-
ta qismidan ayrildi. 
Uchinchidan, qo‘zg‘olon natijasida aholi orasida 
ko‘plab qurbonlar bo‘ldi.
Ushbu qo‘zg‘olon Turkiston xalqiga juda katta talafotlarni olib keldi. 
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 1916-yilgi qo‘zg‘olon oqibatida Tur-
kiston aholisidan 673 ming kishi o‘ldirildi, 300 mingdan ziyod aholi xo-
rijga chiqib ketdi. 100 minglab kishining mol-mulki musodara qilinib, 
talon-toroj etildi. 
Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston 
o‘lkasidagi qo‘zg‘olonlar xalq turmushiga ham o‘zining salbiy ta’sirini 
ko‘rsatdi. Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardi-
korlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining katta qismini boquvchi-
siz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi, narx-navoning 
ko‘tarilishi tirikchilik qilishning qiyinlashishiga olib keldi. Shuning 
uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qo‘zg‘olonlar 
mahalliy aholining mustamlakachilarning jabr-zulmlarga asoslangan si-
yosati va urush oqibatlarining salbiy ta’siri natijasida sodir bo‘ldi.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomo-
nidan ayovsiz ravishda bostirildi. Qo‘zg‘olonchilar 
mustamlakachi hukumatning politsiya va harbiy 
kuchlariga qarshi mar donavor kurashdilar. Gar-
chi qo‘zg‘olon ishtirokchilari va rahbarlari podsho hukumati tomonidan 
qattiq jazolanib, ko‘plab qo‘zg‘olonchilar qurbon bo‘lishi va yarador 
bo‘lishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan qo‘zg‘olonlar 
Turkiston aholisining bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi 
harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu qo‘zg‘olonda o‘lka keng xalq om-
masining barcha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok 
etdi.
1916-yilgi qo‘zg‘olonlar mustamlakachi hukumatni qattiq sarosima-
ga soldi. Bu qo‘zg‘olon Turkiston xalqlarining o‘z huquqlarini poymol 


110
qilishlariga yo‘l qo‘ymasligini ko‘rsatdi. Bu qo‘zg‘olon mustamlakachi 
hukumatga yana bir bor mahalliy aholining ozodlik va mustaqillik uchun 
kurash tuyg‘ulari hali so‘nmaganligini ko‘rsatdi. Podsho hukumati ba’zi 
choralar ko‘rishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan murosa qilishga 
majbur bo‘ldi.
Xullas, 1916-yilgi qo‘zg‘olon butun mustamlakachilik davomida Tur-
kistondagi eng qudratli va uyushgan qo‘zg‘olon edi. Jizzax qo‘zg‘oloni 
tarixda «Jizzax fojiasi» degan nom qoldirdi. U Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining 
«Jizzax qo‘zg‘oloni» nomli dostonida o‘zining to‘liq aksini topgan.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling