Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»
Download 72.28 Kb.
|
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaponiya iqtisodining «oltin davri».
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja 1.Yaponiya iqtisodining «oltin davri» 2.Yaponiyada, ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va demokratizatsiya jarayonlari. 3. Jaxon iqtisodiy inqirozining ijtimoiy-siyosiy oqibatlari. 4. Iqtisodiy qiyinchiliklarning Yaponiyaga ta’siri 5. Yaponiya Ikkinchi jaxon urushi yillarida. Yaponiya iqtisodining «oltin davri». XX asr boshlarida Yaponiya jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo‘lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi. Birinchi jahon urushida Germaniya va uning ittifoqchilariga urush e’lon qilgan Yaponiya yirik xarbiy operatsiyalarda ishtirok etmadi, ammo Germaniyaga tegishli Mikroneziya (Marshall, Karoling va Marian) orollarini va Germaniyaning Xitoy hududida - Sindaodagi xarbiy-dengiz ba’zasini bosib oldi. Boshqa davlatlarning e’tibori Yevropada bo‘layotgan voqealarga jalb qilingan bir paytda, Yaponiya katta foyda olishga va o‘zining Xitoydagi mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. Germaniyaga qarshi kurash baxonasida 1915 yil Shandun provinsiyasini (Germaniyaning ta’sir zonasi, Sindao ham shu yerda joylashgan) to‘liq bosib oldi. Kuchsiz Xitoy hukumati Yaponiyaning bu yerdagi hukmronligini ta’minlaydigan «21 talab» nomli hujjatni imzolashga majbur qilindi. Natijada Birinchi jahon urushi yapon sanoatining yanada rivojlanishiga, uning yangi soxalari paydo bo‘lishiga, xarbiy zavodlar sonining ko‘payishiga, Uzoq Sharq va okean yo‘llarining jadal o‘zlashtirilishiga, tashki savdoning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu yillari Yaponiya mamlakatini yanada industrlashtirish yo‘lida jiddiy qadam tashladi. Urush yillari Yaponiyaning iqtisodiy imkoniyatlari keskin oshdi: YIM 13 mlrd dan 65 mlrd iengacha, sanoat ishlab chiqarishi 5 marta, jumladan, metallurgiya- 2 marta, mashinasozlik - 7 marta o‘sdi. Ammo Yaponiyaning urushdan qilgan foydasi bu bilan cheklanmadi: urush yillari Yevropa davlatlari Osiyo bozorlariga tovar olib kirishni to‘xtatdi, yaponlar esa bu bozorni zudlik bilan o‘zlashtirishga kirishdi. Osiyo bozorlari hatto sifatsiz yapon tovarlarini ham qabul qila boshladi. Yapon tovarlarining sifati past bo‘lsa-da, ancha arzonligi bilan nom chiqardi. Shu sabab Osiyo bozorlarida, jumladan, Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarida ham yapon tovarlarining bozori chaqqon edi. Ayniqsa kemasozlik va umuman og‘ir sanoat jadal rivojlandi - Yaponiya Antanta mamlakatlariga qurol-yarog‘ va aslaxa-anjomlar yetka- zib berdi. Aynan shu yillari yapon kemasozligi ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Natijada faol savdo balansiga erishildi, eksport-importdan 1,4 mlrd ien ko’p bo‘ldi. Oltin-valyuta zaxirasi urush arafasida 350 mln ien bo‘lsa, 1919 yil oxiriga kelib 2 mlrd ienni tashkil qildi. Urush oxiriga kelib Yaponiya oltin zaxirasining kattaligi bo‘yicha AQShdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda edi. Urush davridagi iqtisodiy o‘sishdan, birinchi navbatda, yapon burjuaziyasi foyda ko‘rdi. Yangi millionerlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa «Misui», «Misubisi», «Sumitomo» kabi yirik monopoliyalar keskin boyib ketdi. Shundan bo‘lsa kerak, bu davr yapon iqtisodiyotining «oltin davri» deb ataldi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli keskin yaxshilandi: eksportdan juda katta mablag‘lar kelib tushdi. Aytish mumkinki, AQSH qatori Yaponiya ham urushdan eng katta iqtisodiy foyda ko‘rdi: uning yalpi ichki maxsuloti 5 marta o‘sdi. Ammo yapon iqtisodiyotining tuzilishi sifat jihatidan o‘zgarmadi, ishlab chiqarishning samaradorligi oshmadi. Urush yillari Yaponiyada korxonalarni texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmadi, buning uchun vujudga kelgan o‘ta qulay konyukturadan foydalanilmadi. G‘arb davlatlaridan texnologik ortda qolish yanada kuchaydi. Bu ayniqsa urush tugashi bilan Yevropa davlatlarining Osiyo bozorlariga qaytganida qattiq sezildi. Download 72.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling