Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»


Yaponiyaning Osiyo bozorlaridan siqib chiqarilishi oqibatlari


Download 72.28 Kb.
bet2/9
Sana04.10.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1691528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya

Yaponiyaning Osiyo bozorlaridan siqib chiqarilishi oqibatlari. Urushdan keyin Yevropa tovarlari asta-sekin Osiyo bo­zorlariga qayta boshladi. Bundan tashqari, bir qator Yevropa mamlakatlarida urush tugashi bilan ishlab chiqarish tubdan tex­nik rekonstruksiya qilindi, bu esa Yevropaning Yaponiyadan tex­nik ustunligini yanada oshirdi. Bunday sharoitda yapon tovarlari raqobatga bardosh bera olmasligi aniq edi. Ammo bu birdaniga yuz bermadi: fakat 1920 yilga kelib Yaponiya rakobatning ta’sirini sezdi - uning eksporti 20% ga kamayib ketdi. Ba’zi soxalarda bu pasayish ancha katta: mashinasozlikda - 60%, tog‘-kon sanoatida 50%, kemasozlikda hatto 90% ni tashkil qildi.
Urush yillari inflyatsiya keskin ko‘tarildi. Sholi narxining oshib ketishi 1918 yili butun Yaponiyani qamrab olgan «sholi isyonlari»ga sabab bo‘ldi. 1919 yili dehqonlar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish boshlandi. Shaxarlarda ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi va bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi: 1919 yili 8 soatlik ish kuni joriy qilindi, mehnat sharoiti yax­shilandi, ish haqi oshirildi; ishchilar kasaba uyushmalarini tuzish huquqini oldi.
Vujudga kelgan og‘ir holatning yana bir sababi shunda ediki, Xitoy diplomatik maydonda okkupatsiya qilingan Shandun viloyatini ozod qilish talabi bilan chiqa boshladi. Xitoyda 1919 yil 4 may talabalar namoyishidan so‘ng yapon tovarlarini ommaviy boykot qilish boshlandi. Bu yapon eksportiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Vashington xalqaro konferensiyasida (1921-1922) Yaponiya diplomatik jixatdan yakkalanib qoldi, uni xatto eski ittifoqchisi - Angliya ham qo‘llamadi. Natijada Yaponiya Shandunni ozod qilish va o‘zining Xitoydagi manfaatlaridan rasman voz kechishga majbur bo‘ldi.
1920-1921 yillardagi iqtisodiy tushkunlik Yaponiyaning tash­qi bozorga o‘ta bog‘liqligi sababli unga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U Yaponiya iqtisodining kuchsiz tomonlarini ochib tashladi. Ular: 1) sanoatning soxalar bo‘yicha bir tekis rivojlanmaganligi; 2) qishloq xo‘jaligining orqada qolib ketganligi; 3) chayqovchilik xarakteridagi ko‘plab korxonalarning paydo bo‘lganligida edi. Inqiroz yillari Yaponiya eksporti 40% ga, import - 30% ga kamaydi, sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish darajasi 20% ga tushib ketdi. Natijada sanoat korxonalarining bir qismi yopildi yoki ish hajmini qisqartirdi, ishsizlik oshib ketdi, o‘nlab banklar xonavayron bo‘ldi. Inqiroz urush davridagi jadal o‘sishning naqadar mo‘rt ekanligini ko‘rsatdi va yapon sanoatchilari iqtisodni zudlik bilan tinchlik davriga moslashga majbur bo‘ldi. Bularning barchasi yig‘ilib (yapon tovarlarining tashqi bozorlardan siqib chiqarilishi, diplomatik yakkalash, Xitoydan ketishga majbur bo‘lish), Yaponiya aholisida ksenofobiya hislarining rivojlanishiga olib keldi. Odamlarda go‘yo yaponlarni bozorlardan ataylab siqib chiqarishmoqda (bu hukumat tomonidan ham faol tashviqot qilindi), G‘arb yaponlarni yoqtirmaydi va shu sababli ularga jabr qilmoqda, degan tasavvur paydo bo‘ldi.
1920-yillar boshlarida so‘llar ham faollashdi, ko‘plab guruh va partiyalar paydo bo‘ldi. 1922 yil iyulda ular taniqli sotsia­list S. Katayama boshchiligida Yaponiya Kommunistik partiyasiga (YKP) birlashdi. YKP avvalboshdanoq ishchilar harakati ichidagi o‘z muxoliflari (bir tomondan, isloxotchilarga, ikkinchi tomondan - anarxistlar) bilan kurashishga majbur bo‘ldi. Ishchi­lar xarakatining mafkuraviy-tashkiliy tarqoqligi YKPda ham shunday holatga olib keldi, partiya raxbariyatida likvidatorlar bilan so‘llar o‘rtasida kurash avj olib ketdi. Xavfli fikrlarga Karshi konunga binoan faoliyati taqiqlangan YKP o‘ta yopiq xolatda faoliyat yuritdi va bu partiyaning omma orasida ta’siri oshishiga xalaqit berdi. Katag‘onlar miqyosi shunchalar katta edi-ki (1928 - 1933 yillari kommunistik faoliyatda shubxa qilinib 62 ming kishi qamaldi), 1935 yilga kelib YKP yagona tashkilot sifatida mavjud bo‘lmay qoldi.
1923 yili Yaponiyada favqulodda miqyosli tabiiy ofat - daxshatli zilzila yuz berdi. Mamlakat poytaxti Tokio deyarli to‘liq vayron bo‘ldi, 150 ming kishi halok bo‘ldi, 4 mln kishi boshpanasiz qoldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi, barcha siyosiy kuchlar faoliyati to‘xtatildi.
Bu daxshatli hodisa iqtisodiy tushkunlikka chek qo‘ydi. Tiklash ishlari ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirdi, korxonalar hukumatdan zarur subsidiyalarni oldi. 1923 yil oxiridan iqtisodiy o‘sish boshlandi. Milliy valyuta (ien) kursining pasayishi hisobiga eksport ham o‘sdi. Natijada 1925 yilga kelib Yaponiya iqtisodiyoti 1919 yil - Birinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi eng yuqori darajasiga yetib oldi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling