Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»


Millatchilarning liberal hukumatga qarshi bosimi


Download 72.28 Kb.
bet6/9
Sana04.10.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1691528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya

Millatchilarning liberal hukumatga qarshi bosimi. 1935 yili Yaponiyaning hukmron doiralarida fuqaroviy guruxlar bi­lan xarbiylar o‘rtasida kurash ketayotgan edi. Bosh vazir Xamaguti xarbiylarning siyosatga ta’sirini yanada kuchaytirmaslikka intildi, qo‘shinlarning sonini belgilash va armiyani qayta qurish xarbiy raxbarlarning emas, hukumatning xuquqi ekanligini isbotlashga urindi.
1935 yil boshida dengiz xuqui bo‘yicha London konferensiyasida Yaponiya diplomatik izolyatsiyada qoldi va xarbiy-dengiz kuchlarini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Natijada hukumat xolatni to‘g‘ri baxolashga va mamlakat uchun eng muxim qarorlar qabul qilishga da’vo qilayotgan xarbiylar tomonidan qattik tanqidga uchradi.
1935 yil fevralda liberal kayfiyatdagi professor T. Minobega qarshi kampaniya boshlandi: perlar palatasida so‘zga chiqqan baron T. Kikuti shu palata a’zosi T. Minobeni «imperator maqomini» haqorat qilganlikda va «sadoqatsizlikda» aybladi. Ayblash uchun

bevosita sabab Xamaguti hukumati tomonidan London konferensiyasida dengiz huquqlari bo’yicha imzolangan kelishuvni oqlash uchun professorning ilmiy ishlaridan foydalangani bo’ldi. Pro­fessor Minobe barcha ayblovlarga munosib javob bersada, baribir perlar palatasi va Tokio universitetidan ketishiga to’g’ri keldi. Hukumat boshlig’i Xamaguti iste’foga chiqishga majbur bo’ldi. Uning o’rniga Okada keldi.
1935 yil fevralda bo’lib o’tgan parlament saylovlarida o’ng radikallar mag’lubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan, 26 fevral kuni «yosh zobitlar» general Araki boshchiligida navbatdagi dav­lat to’ntarishini amalga oshirishga urindilar. Bosh vazir Sayto va bir qator yirik amaldorlar o’ldirildi, ammo isyon xarbiy-dengiz kuchlari tomonidan bostirildi. Shunga qaramasdan Xirota boshhiligidagi yangi hukumat o’z tarkibiga xarbiylarni kiritib, bu bilan ularning xarbiy soxani nazorat qilishdagi xuquqini tan oldi. Shu davrdan boshlab «nazorat guruhi» hokimiyat uchun kurashda uzil-kesil g’alaba qildi.
1935 yildan Yaponiyada byurokratiyaning ro’li kuchaydi. Shu yili vazirlar maxkamasi huzurida davlat siyosatini rejalashtirish bi­lan shug’ullanuvchi Tadqiqot byurosi tashkil qilindi. Mamlakatda siyosiy partiyalarning ta’sirini pasaytirish uchun tadbirlar amal­ga oshirildi. Yaponiya «katta urush»ga tayyorgarlikni jadallashtirdi: qurollarning yangi turlarini ishlab chiqarish ko’paytirildi, xarbiy korxonalarda kasaba uyushmalari tarqatib yuborildi. 1936 yili noyabrda Germaniya va Italiya bilan ittifoq (Antikomintern pakta) tuzilib, bu Yaponiyaning keyingi strategiyasini belgilab berdi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling