O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
yosh
buxoroliklar Amir Olimxon islohotlari Amir Olimxonning yoshligi 118 islohotlar o‘tkazish ha qi da va’da berdi. U amirning mavjud tuzum asos lariga daxl qilmaydigan va xalq- ning ahvolini ko‘p ham o‘nglamaydigan farmonini o‘qib eshittirdi. Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa so- liqlarni undirishning barqaror asoslarini yaratish ha- qida so‘z borardi. Sanoat va savdoni rivojlanti rishga ham e’tibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yu- zasidan vazifalarni ijro etish chog‘ida qo‘shimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning o‘rniga davlat tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan maosh ta’sis etildi. «So‘ngra biz tomonimizdan, – deyiladi farmonda, – xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali bilimlarni rivojlantirish va rag‘ - batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi». Shuningdek, amir o‘z xazinasidan tashqari alohida davlat xazinasini ta’sis etishga, davlat ehtiyojlaridagi kirimlar va chiqimlarni aniq hisob- lab boruvchi budjet belgilashga ham va’da bergandi. Farmonda bosma- xona ochish, mahbuslarni zindonlardan ozod qilish haqida ham va’dalar berildi. Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi «tiniq fikrli va oqil» odamlardan «assambleya» (majlis) tuzuvchi «millat»ni saylash ham mo‘ljallangan edi. Farmon katta va’dalar asosida tuzilgan bo‘lsa-da, jadidlarda u shub- ha uyg‘otdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni amalga oshirish maqsadida tuzilgan qo‘mita Yosh buxoroliklar qo‘mitasi deb atalgan) o‘zlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka eri sha olmadilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mullaxon o‘g‘li, Mirzo G‘ulom vaz- min, bosiq harakatlar bilan farmonni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, radikal harakat tarafdorlari Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xo‘ja kabilar yanada chuqur islohotlar o‘tkazishni talab qilib, o‘z tarafdorlarini zudlik bilan namoyish o‘tkazishga da’vat etdilar. 1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar o‘tkazishdi. Buxoroda namoyishga to‘plangan 150 kishiga Fayzulla Xo‘jayev va Abdu rauf Fitrat rahnamolik qilishgan. Shiorlarda «Yashasin Amir!» qa- torida «Hurriyat, Adolat, Musavvat!» kabi boshqa mazmundagi da’vatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar Arkkacha yetib kelishganida amir sarbozlari ularni to‘xtatishga buyruq oldi. 200 ta piyoda va 300 ta otliq sarbozdan iborat amir qo‘shini namoyishga chiqqanlarni tarqatib, hibsga ola boshladi. Bundan tashqari Ark ostonasini islohotlarga qarshi chiqqan Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling