O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 5.41 Mb. Pdf ko'rish
|
l32MmY01DL7iLbVLIVEmcDPgpD4LasJXjJapnzXy
Qo‘zg‘olonning
boshlanishi 107 Qo‘zg‘olonchilarning temiryo‘lni buzishi gishli bo‘lgan harbiy, ma’muriy va boshqa joylarga hujum qildilar. Ular 13-iyul kuni temiryo‘l stansiyalarini, aloqa simlarini uzib, temiryo‘l va ko‘priklarni buzib tashladilar. 14-iyulda Abdurahmon jevachi o‘z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig‘ilish o‘tkazdi va unda Jiz- zaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan Kuyaboshi degan joyda to‘pla- nib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi. Bu xabarni atrofdagi joylarga yetkazish uchun vakillar yuboriladi. Jizzaxdagi bu voqealardan xabar topgan podsho hukumati polkovnik Ivanov boshchiligida harbiy kuchlarni u yerga yubordi. 18-iyul kuni Tur- kistonda harbiy holat e’lon qilindi. Bu vaqtda mustamlakachi hukumat tomonidan qo‘z g‘olonni bostirish va uning ishtirokchilari- ni jazolash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Jiz- zaxga polkovnik Ivanov boshchiligida 13 ta rota soldat, 2 ta artilleriya qismi, kazak otryadlari, jami ikki yarim ming kishilik harbiy kuchlar yuborildi. Ular Jizzax shahrini to‘p va pulem- yotlardan o‘qqa tutdilar. Mustamlakachilar qo‘shini dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, so‘ng Sangzorga yurish qiladi. Qo‘shin qurol- siz qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz o‘qqa tutadi. Abdurahmon jevachi omon qolgan 600 kishilik odamlari bilan 20–21-iyulda polkovnik Afanasyev boshchiligidagi harbiy kuchlarga qarshi jang olib bordi. Ivanov bosh- chiligidagi harbiy kuchlarning yordamga kelishi qo‘zg‘olonchilarning mag‘lubiyatga uchrashini ta’minladi. Natijada qo‘zg‘olonchilar yengil- di va chekinishga majbur bo‘ldi. Qo‘zg‘olon rahbarlari va faol ishti- rokchilaridan Abdurahmon jevachi, Nazirxo‘ja eshon, aka-uka To‘raqul va Eshonqul To‘rabekovlar, Qosim hoji eshonlar qo‘lga olinib, o‘lim jazosiga hukm etildi. Mustamlakachi hukumatning jazo qo‘shini qo‘zg‘olonchilarni ayovsiz ra vishda jazolashga kirishdi. Qo‘zg‘olon ko‘tarilgan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. Uylar yondirildi. Ularning oila a’zolari ham jazoga tortildi. Bu ja- zodan qariyalar, ayollar, hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi. Jizzaxga 26–27-iyulda yana qo‘shimcha jazo otryadlari ye- tib kelib, jazoni yanada kuchay- tirdi. Qo‘z g‘olonchilardan 3 ming Download 5.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling