O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet123/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

An’anaviy maktabda ta’lim
http://eduportal.uz


136
!
!
!
Rus-tuzem
maktablari
Karim oyatlari va suralarning sharhlarini to‘liq o‘zlashtirish talab qilin-
gan. Qorixonalarda Qur’oni Karim yod olingan. Ayollar alohida o‘qitilib, 
ularga Qur’oni Karim, oila masalalari, odob-axloq va tarbiyadan saboq 
beruvchi otinlar ta’lim berganlar. Mustamlaka davrida eski maktablar 
saqlanib qolgan, ammo bu maktablar hukumat e’tiboridan chetda qolib, 
ularga hech qanday mablag‘ ajratilmagan.
O‘zingizni sinang!
Turkistonda an’anaviy ta’lim tizimi – ... 
 
Oliy ta’lim – ...
Boshlang‘ich ta’lim – ... 
 
 
 
 
Rossiya imperiyasining turli gubernalaridan Tur-
kistonga ko‘chirib keltirilganlarning bolalariga ta’-
lim berish orqali ma’muriyat vakillari bilan mahal-
liy aholi o‘rtasida vositachilik qiladigan tarjimonlarni tayyorlash ko‘zda 
tutilgan. Shu bilan birga bu maktablar orqali tub joy aholisi o‘rtasida rus 
ma daniyatini keng yoyishga xizmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish-
ga harakat qilindi. Bu vazifani bajarishga Turkiston general-gubernatori 
G. Rozenbax (1884–1889) astoydil kirishdi. U boshlang‘ich maktablar
rus-tuzem maktab lari tarmog‘ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. Bi-
rinchi rus­tuzem maktabi 1884­yilda Toshkentda Saidg‘ani Saidazimboy 
uyida ochiladi. Undan o‘rnak olib, boshqa davlatmand kishilar ham o‘z 
uylarida shunday maktab larni ocha boshladilar. Dastlab bu maktablarga 
mahalliy savdogar va ishbilarmonlar o‘z farzandlarini o‘qishga berishgan.
1911-yilda bunday maktablarning soni 89 taga yetadi. Ammo bu mak -
tablardagi o‘qitish usullari va darajasi Rossiyaning o‘zidagi maktablar
bilan taqqoslanganda ancha sayoz bo‘lgan. Rus-tuzem maktablarida
o‘quv kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlab rus o‘qituv chisi (o‘quv, 
yozuv, hisob), ikkinchi qismida esa mashg‘ulotlarni mahalliy o‘qituvchi 
olib borar edi. 1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochilib, unda 
zamonaviy fanlar va kundalik turmushda zarur bo‘ladigan bilimlar 
o‘qitilgan. 

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling