O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
Qorasaroy
Sag‘bon chig‘atoy Ko‘kcha Samarqand Kamolon Beshyog‘och Qo‘ymas Qo‘qon Qoshg‘ar Taxtapul O‘RDA ShAyXONTOhUR ShAhRISTON Bo‘zsuv c hovli labzak http://eduportal.uz 24 Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig‘ining suvi bilan to‘ldiriladigan xandaqlar bo‘lgan. Toshkent to‘rtta – Beshyog‘och, Ko‘kcha, Sebzor va Shay xontohur dahalariga bo‘linib, har bir daha o‘z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. XIX asr o‘rtalarida shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan. Toshkent shahri- ning bosib olinishiga podsho hukumati jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. Chun- ki Toshkentni egallash – Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo‘lgan holda olib borilishini ta’minlar edi. Bu shahar O‘rta Osiyoni bosib olis h uchun asosiy yo‘lak, harbiy qo‘shinlarning kelgusidagi harakatlari uchu n tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan. 1864-yil 1-oktabrida M. Chernyayev o‘zini pod- sho ga yaxshi ko‘rsatish uchun tezlik bilan Tosh- kentni qo‘lga kiritmoqchi bo‘ldi. Lekin uning bu rejasi amal ga osh madi. M. Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlari- dan ajralib, Chimkentga cheki nishga majbur bo‘ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi hu jumga tay yorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho hukumatining harbiy qo‘shinlari Tosh- kent yaqi niga joylashtirildi. M.Cher nya- yev boshchiligidagi harbiy qo‘shin Tosh- kent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chir- chiq daryosi ning chap sohilida joylash- gan Niyozbek qal’a siga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o‘tadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari o‘rtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to‘xtovsiz ravishda to‘plardan o‘qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylari- dan bos qinchilar qal’aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo‘ldilar. Oqi- batda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo‘rg‘oni dushman qo‘liga o‘tdi. Ushbu qal’aning qo‘lga kiritilishi M. Chernyayevga Tosh- kentni suv ta’minotidan uzib qo‘yish imkonini berdi. Uning buyrug‘i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq dar- yosidagi to‘g‘on buzib tashlanadi. M.Chernyayev boshchi li gidagi istilochilar 1865-yil may oyida bevosita Tosh kent ga hujum boshladi. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling