86
!
!
!
dan she’rlar yoza boshlagan va yarim asr
davomida turli mavzularda
o‘lanlar to‘qidi. Berdaq o‘z ijodini xalqi uchun o‘lmas asarlar yaratishga
bag‘ishladi. She’rlaridan biri ham «Xalq uchun» deb nomlangan. Uning
she’rlarida zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik ustuvor bo‘lgan.
Jumladan, «Ahmoq podshoh» dostoni shunday ulkan ta’sir kuchiga ega
edi. Tarixiy mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Oydo‘stbiy», «Erna-
zarbiy» asarlarida shoir o‘z xalqi qahramonlarini faxr bilan kuylaydi.
XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq
adabiyotidagi demokratik
an’analarni
yangi avlod vakillari Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot,
Sodiq kabilar davom ettirdilar.
O‘zingizni sinang!
Kunxo‘ja – ...
Zevar – ...
Berdaq – ...
madrasalar – ...
Yakunlarni chiqaramiz!
►
XIX asrning birinchi yarmidan Xiva xoni hukmronligi ostida o‘troq
turmush tarziga o‘tish.
►
asosiy mashg‘ulotlar: dehqonchilik, baliq ovlash, hunarmandchilik.
►
1873-yil – Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Amudaryo bo‘limi
tuzilishi – tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi.
►
soliqlar va majburiyatlar: zakot, solg‘ut, ushr; qazish ishlari; navkarlikka
olish.
►
Berdaq, Kunxo‘ja, Otash Olshinboy, Ajiniyoz.
Savol va topshiriqlar
1.
Qoraqalpoqlarda xalq ijodiyoti qaysi shakllarda rivojlandi?
2.
Qoraqalpoqlarning eng mashhur «Qirqqiz»
dostoni mazmunini aytib
bering.
3.
Ajiniyozning ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
4.
Berdaqning tarixiy dostonlarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: