O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)
Download 3.7 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi 9 uzb
tarqalishi
bo‘lsa ham ro‘yxatga kiritilardi. Bunday nohaqliklar keng xalq ommasi noroziligining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy aholi o‘rtasida mardi- korlikka olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916- yil da mardikorlikka olinadiganlar ro‘yxatini tuzadigan mahalliy boshqa- ruv vakillari tomonidan aholini zo‘rlash, tazyiq o‘tkazish kabi holatlar avj oldi. Norozilik harakatlarida dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar va aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Mar dikorlikka qarshi harakatlarning keng ommaviy tus olishidan mus- tamlaka hukumati, o‘lka va viloyat ma’murlari xavotirga tushdi. Farg‘ona viloyati gubernatori A. Gippius viloyatda norozilik kayfiyatidagi odam- larning ko‘pligi, mardikorlikka safarbar etish jarayoni aholi orasida katta g‘alayonlar chi qi shiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida o‘lka va podsho ma’muriyatiga ma’lumot beradi. Lekin markaziy hokimiyat viloyat guber- natori A. Gippiusning xavotiri va g‘alayonlarning oldini olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarini «podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chi- qish» deb hisoblab, uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qiladi. 1916-yil 4-iyulda Xo‘jand shahrida norozilik bildirib ko‘p sonli aho- li yig‘ildi. Ular mardikorlikdan bosh tortdilar. 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog‘ida, keyinchalik Siyob, Mahalla, Xo‘ja Ahror, Angorda, 7-iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar ma- halliy boshqaruv vakillarini kaltaklab, ro‘yxatlarni yirtib tashladilar. Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari bir necha kun ichida butun o‘lkaga yoyildi. Qo‘zg‘o- lonchilar mustamlakachi hukumat tomonidan kuch bilan tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi. Toshkentda 11-iyulda ko‘p sonli aholi Beshyog‘ochdagi politsiya mahka- masi oldiga to‘plandilar. Qo‘zg‘olon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova politsiyaga qarata: «Bizni o‘ldirsanglar ham o‘g‘illarimizni sizlarga ber- maymiz», – deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa o‘q uzib, uni og‘ir ya- rador qilgan. Norozilik bildirganlarga qarshi mil tiqlardan o‘q otilgandan so‘ng xaloyiq mahkamaga bostirib kirdi. Bu vaqtda yordamga yetib kel- gan harbiy kuchlar namoyishchilarni o‘qqa tuta boshladi. Natijada 11 kishi otib o‘ldirildi, 15 kishi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘olon harbiy kuchlar tomoni- dan qiyinchilik bilan bostirildi. Shahar harbiy holatga tu shib, har bir joyda qo‘riqchilar, tun-u kun navbatchilik, nazorat va tekshiruvlar kuchaytirildi. Bu voqealardan keyin norozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi qish- loqlarga yoyildi. U yerdan Farg‘ona vodiysiga o‘tib, vodiyda bu harakat http://eduportal.uz 105 ? ? keng tus olib ketdi. U yerda ham mahalliy aholi ma’muriyat vakillariga bo‘ysunmay qo‘yadi. Qo‘zg‘olon iyul oyining o‘rtalarida Far- g‘ona viloyatining Qo‘qon, Rishton, Mar- g‘ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida kes- kin tus oldi. Jumladan, 9-iyul kuni Andijonda podsho farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib namoyishga chiqdilar. Ularga politsiya va har- biy kuchlar qarshi qo‘yildi. Qo‘zg‘olonchilarni tarqatish paytida ulardan 3 kishi otib o‘ldirildi, 12 kishi yarador bo‘ldi. 10-iyulda Eski Marg‘ilonda taxminan 25 ming kishi norozilik bildirib, bozor atrofiga yig‘ildi. Qo‘zg‘olonchilar mar di korlikni bekor qilishni ta- lab qi lib mahal liy ma’muriyat idoralariga kirdilar. Ular mustamlakachilar- ning xizmati da bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uy lariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 ta mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jaro- hatlandi. Qo‘zg‘olonning kucha yib ketganligidan xavotirga tushgan vi- loyat ma’muriyati zudlik bilan ularga qarshi harbiy kuch yubordi. Ular qo‘zg‘olonchilardan 63 kishini otib o‘ldirdi va ko‘pchilikni yarador qildi. Shahrixonda ham qo‘zg‘olonchilardan 16 ta kishi o‘ldirildi, ko‘pchilik yarador bo‘l di. 11-iyulda Namanganda ko‘tarilgan qo‘z g‘olon ham jiddiy tus oldi. Labbaytog‘a dahasida yig‘ilgan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi kuchli qurollangan rota tashlandi va qo‘zg‘olonchilar tarqatib yuborildi. Mustamlakachi hukumat politsiyasi va harbiy kuchlari bilan qo‘zg‘o- lonchilar o‘r ta sida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz namoyishchilardan ko‘pchiligi o‘ldirildi va yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lganligi mustamlakachilarning beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi. Download 3.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling