O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet119/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Toshdarvoza. Xiva
http://eduportal.uz


131
ularning imoratlari, xo‘jalik inshootlari, omborlarini buzib tashlash kabilar 
avj oldi. 1912-yildagi Hazorasp, Xonqadagi qo‘zg‘olonlar keskin tus oldi. 
Doimiy qo‘zg‘olonlar natijasida xalq o‘qotar aslahalar bilan qurollanib
urush olib borish taktikasini o‘rganib olgan edi. Dehqonlar yirik zamin-
dorlar va xonlik amaldorlarining yerlarini egallab ola boshladilar. Asfandi-
yorxon 1000 kishilik o‘zining eng sara qo‘shinini qo‘zg‘olonchilarni bos-
tirishga tashladi. Ammo kutilmaganda Alieli va Toshhovuz o‘rtasida ular 
qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor etildi. Xonga madadga yetib kelgan 
podsho hukumati qo‘shinlari qo‘zg‘olonni qiyinchilik bilan bostirdi. 
Yodda tuting!
1912-yilgi qo‘zg‘olon xalq norozilik chiqishlarida yangi 
omilni namoyon qildi, ya’ni qo‘zg‘olonchilar o‘qotar asla -
halar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o‘z-
lashtirgan edilar. 
Xalq qo‘zg‘olonlari xonlikda ijtimoiy-siyosiy ha-
rakatlar rivojlanishiga kuchli ta’sir o‘tkazdi. Mam-
lakatdagi yalpi noroziliklar ta’siri ostida jadidchi-
likning Xiva xonligidagi ko‘rinishi, Yosh xivaliklar harakati vujudga keldi. 
Uning Yosh buxo roliklardan farqli jihati harakatda aholining turli qatlam - 
lari – dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayda mulk-
dorlarning ishtirok etishi edi. 
Yosh xivaliklar harakati rahbarlari Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobo-
oxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sulton-
murodov kabi taraqqiyparvarlar bo‘lib, ular Xorazmda katta nufuzga 
ega bo‘lishgan. Yosh xivaliklar o‘z davrining bilimdon va fozil kishilari 
bo‘lib, Xiva xonligida ma’rifat tarqatish va islohotlar o‘tkazish uchun 
jiddiy harakat qildilar. 1910-yilda xon «Islohotlar loyihasi»ni qabul qil-
di. Loyiha boshqa ruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi. Xon 
devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat ta’minotiga o‘tkazilishi 
mo‘ljallangan edi. Loyihada, shuningdek, yangicha milliy maktablarni 
tashkil qilish g‘oyasi ham ilgari surilgandi. Takliflar umumiy jihatlari 
bilan cheklanganligiga qaramasdan, ular chuqur islohotlar orqali Xiva 
davlatchiligi mustaqilligini tiklashga qaratilgan edi. Yangicha milliy 
maktablar ta’lim va madaniyat saviyasini ko‘tarish hamda xivalik ziyoli-
larning yangi avlodini shakllantirish uchun kerak edi. Bu ularda xon ho-
kimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasiz lik hissini tarbiyalashga 
xizmat qilardi.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling