O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Atamalar izohi
Agrar
(lotincha – agrarius) – yerga, dalaga oid – qishloq xo‘jaligi bilan 
shug‘ullaniladigan hududga, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga nisbatan qo‘llaniladi.
Savol va topshiriqlar
1.
XIX asr o‘rtalarida xonliklarda yer egaligining qanday turlari bo‘lgan?
2. 
Xonliklardagi majburiyatlar xalq ommasiga qanday ta’sir qilgan?
3.
Sug‘orish inshootlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. 
Xonliklarda hunarmandchilikning qaysi turlari keng tarqalgan?
5. 
Xonliklar qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini olib borgan?
http://eduportal.uz


14
4–5-§§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘RTA OSIyO AhOlISINING 
mADANIy hAyOTI
Xonliklardagi aholining aksariyati o‘zbek tilida 
so‘z lashgan. Bu tilda oliyhimmat qahramon va 
bahodirlarning jasorati, ularning g‘alabalari va 
adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari – qahramonlik 
eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa yaqin doston ma’lum bo‘lib, 
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Shirin va Shakar» doston-
lari ularning eng mashhurlari edi.
Aholi orasida xalq og‘zaki ijodiyoti katta o‘rin egallagan. Ularda 
amaldor larning illatlari, saroy a’yonlarining nuqsonlari va ochko‘zligi kul-
gi ostiga olinar edi. Ba’zi insofsiz amaldor va boylar qoralangan hamda 
mehnatkash xalqning oliy janobligi, mardligi madh etilgan. Dostonlarda 
ko‘pincha ezgulik ning yovuzlik ustidan g‘alabasi g‘oyasi yetakchilik qi-
ladi. O‘zlari mavzular to‘qib, ularni o‘zlari ijro etgan qiziqchilar va aski-
yachilar ham o‘zbek adabiyoti hamda folklorining rivojida salmoqli hissa 
qo‘shganlar. Har yili bahorda shahar va qishloqlar atrofl aridagi bog‘lar va 
chorbog‘larda, qir-u adirlarda xalq sayillari o‘tkazilar edi. Xalq sayillarida 
sayyor sirk truppalari bozor maydonlarida o‘z tomoshalarini ko‘rsatib, aho-
lini xushnud qilgan. Polvonlar o‘rtasida kurash musobaqalari o‘tkazilgan.
Har uchala xonlikda ham ta’lim deyarli bir xilda olib borilgan. Buxoro 
amirligidagi tizim Xiva va Qo‘qon xonliklarida ham joriy etilgan. Madra-
salar Olimlar yasovuli lavozimidagi shaxs (bu mansab XVI asrda paydo 
bo‘lgan) madrasalar ta’limini nazorat qiluvchi, yuqori bo‘g‘in, ya’ni xon 
yoki amir bilan madrasalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi 
mansab egasining hukmdorga yozma ma’lumot berib, o‘qish mavsumi 
boshlanganligini bildirgan. Madrasalarda o‘qish muddati sentabr oyining 
ikkinchi yarmida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu 
tariqa o‘qish mavsumi 6 oy davom etgan. O‘quv mavsumining bu tari-
qa belgilanishi xalqning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti 
bilan bog‘liq edi. Mart oyi oxirlaridan dalalarda 
ekin-tikin ishlari boshlangan. Sentabr oxirlari-
da hosil yetilib bo‘lgan. Oradagi 6 oyda talaba 
dala ishlarida ishtirok etishi va ota-onasi, oilasi-
ga moddiy yordam berish imkoniyatiga ega edi. 
Madrasalarda haftada to‘rt kun – shanba, yak-
shanba, dushanba, seshanba o‘qish kuni hisoblan-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling