O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

O‘zingizni sinang!
chibil bo‘lisi – ...
 Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatining sabablari – ...
Atamalar izohi
Eshon
– dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni.
Dukchi (forscha – yig, duk) – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib 
boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan. 
Kazarma
 (italyancha – uycha, kulba) – harbiy qism joylashtirilgan max-
sus bino.
Katorga
– jinoyatlari uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joyi.
Sаvоl vа tоpshiriqlаr
1.
Andijon qo‘zg‘oloni boshlanishi sabablarini sanab bering.
2.
Qo‘zg‘olonning shafqatsiz bostirilganligini qanday dalillarda ko‘rish mum-
kin?
3. 
Andijon qo‘zg‘oloni nima uchun mag‘lubiyatga uchradi? 
4. 
Bu qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada?
?
?
http://eduportal.uz


73
20-§. mIllIy-OZODlIK hARAKATlARINING AhAmIyATI
XIX asrning ikkinchi yarmidagi milliy-ozodlik 
ha rakatlari Turkiston o‘lkasining podsho huku-
mati tomonidan istilochilik yo‘li bilan bosib olin-
ganligini yana bir karra isbotladi. Istilo qilingan 
hududlar imperiyaning tarkibiga mustamlaka sifatida kiritilib, bu yerlar-
da imperiyaning siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini birinchi 
o‘ringa qo‘ydi. O‘lka arzon xomashyo bazasiga, Rossiyada tayyorlangan 
mahsulotlar uchun tayyor bozorga, uning aholisi esa arzon ishchi kuchi-
ga aylandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o‘lkasida olib borilgan milliy-
ozodlik harakatlari mahalliy aholining turli ko‘rinishlardagi chiqishlarida 
o‘z aksini topdi. Bularga asosiy sabab soliq va majburiyatlarning og‘irligi, 
mahalliy boshqaruv vakillarining sotqinlarcha podsho ma’murlariga xiz-
mat qilishi, Rossiya o‘lkalaridan ko‘chirib keltirilgan aholiga yangi ekin 
maydonlarining bo‘lib berilishi, narx-navolarning oshib ketganligi, tur-
mush sharoitlarining yomonligi kabi holatlar tufayli ro‘y berdi. Bundan 
tashqari mahalliy aholi uchun tibbiy xizmat ko‘rsatishning yo‘qligi, yan-
gi ishlab chiqarish va texnologiyalarning faqat imperiya manfaatlariga 
xizmat qilishi ham tub joy aholi vakillarining ommaviy ravishdagi noro-
zilik chiqishlarida ishtirok etishi ga olib kelgan edi.
XIX asrning o‘rtalaridan boshlangan milliy-ozodlik harakatlari 
o‘lkaning turli hududlarida to‘xtovsiz tarzda davom etdi.
Bu davrda bo‘lib o‘tgan milliy-ozodlik harakatlarining aksariyati 
ma’lum bir hududlarga tegishli bo‘lsa-da, uning aks sadosi butun o‘lka 
bo‘ylab tarqaldi. Har bir qo‘zg‘olon boshqa joylarda ham norozilik chi-
qishlarining ko‘tarilishiga hamda u yerdagi aholini ozodlik uchun mus-
tamlakachilarga qarshi kurash olib borishiga ruhan ta’sir ko‘rsatdi. 
Qo‘zg‘olonlar bostirilgani bilan uning ishtirokchilari o‘lkaning turli 
hu dudlariga qochib borib, o‘z harakatlarini davom ettirdilar. 
XIX asrning ikkinchi yarmida bo‘lgan milliy-
ozodlik hara katlarida o‘lka xalqlarining deyarli 
barchasidan vakillar ishtirok etganligi bilan aha-
miyatga ega. Shu bilan birga qo‘zg‘olonlarda aholining turli tabaqa va-
killari, ya’ni dehqonlar, hunarmandlar, din ulamolari, qishloq oqsoqolla-
ri, mingboshilar, qozilar va hatto katta mulk egalari, savdogarlar ishtirok 
etganlar.

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling