O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Qo‘zg‘оlоnning 
bоshlаnishi
Volost boshlig‘i mirshablar bilan. 
Farg‘ona viloyati. XIX asr oxiri
http://eduportal.uz


70
!
!
!
22 tasi yarador bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchi lar dan 11 tasi 
halok bo‘ldi, 8 tasi yaralandi. Sha har da harbiylar bi-
lan qo‘z g‘olonchilar o‘rtasida ro‘y bergan ayovsiz 
otishmalar natijasida nafaqat qo‘zg‘olonchilar, balki 
ko‘plab tinch aholi va killari ham halok bo‘ldi.
Qo‘zg‘olon boshlanganligi to‘g‘risi dagi xabar 
olinishi bilan podsho hukumati zudlik bilan chora 
ko‘rishga va uni bostirishga harakat qildi. Qo‘zg‘olon 
An dijonda, ayniqsa, ruslar yashaydigan Yangi sha-
harda vahima uyg‘otdi. Mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy fu-
qarolargacha sarosimaga tushib, uylariga berkinib oldilar. Hatto tuman-
boshi polkovnik Konshevskiy ham ko‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon 
orqali harbiy kuchlarni chaqirdi. Harbiy kuchlar uch soat ichida Andijon-
ga yetib kelib, Yangi shaharda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tut-
dilar. Buning natijasida umuman qo‘zg‘olonga aloqasi bo‘lmagan yuzlab 
odamlar mustamlakachilar o‘qidan nobud bo‘ldi.
O‘zingizni sinang!
muhammad Ali eshon – ...
1898-yil 17-mayda ... 
Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin pod-
sho Nikolay II Turkiston general-gubernatori ge-
neral-leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chet-
latib, uning vazifasini vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernato-
ri N. Korolkov zimmasiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini o‘ta 
qattiqqo‘llik bilan amalga oshirish borasida nafaqat o‘lkada, balki im-
periya hukmron doiralari orasida ham tanilgan edi. Uning zimmasiga 
qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasi-
ga shaxsan rahbarlik qilish ham topshirildi. N.Ko rolkov 1898-yil 20-may 
kuni qo‘zg‘olon ko‘tarilishining oldi olinmaganligi uchun Farg‘ona vilo-
yat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan bo‘shatdi. 
Mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni batamom bos tirish uchun unda 
ishtirok etganlarni shafqatsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon bos tirilgach, ikki ming 
kishi hibsga olindi. Xalq ko‘z o‘ngida qo‘zg‘olonchilar namoyishkoro-
na jazolandi. Dukchi eshon va uning yaqin safdoshlari osib o‘ldirildi. 
Manbalarga ko‘ra jami 380 kishi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Ammo 
xalqning yanada g‘azablanishidan xavfsiragan imperiya ma’muriyati, 

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling