O‘zbekiston tarixi (XIX asrning ikkinchI yARmI – XX asr boshlari)


Download 3.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/142
Sana03.11.2023
Hajmi3.7 Kb.
#1743457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Bog'liq
ozbekiston tarixi 9 uzb

Yakunlarni chiqaramiz!
► 
Ularning hududi bugungi kundagi O‘zbekistondan tashqari, Qirg‘iziston, 
Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston yerlarining bir qismini ham 
o‘z ichiga olgan. 
► 
Buxoro amirligi: 40 ta beklik – 2 mln aholi.
Xiva xonligi: 18 ta beklik, 2 ta noiblik – 800 ming aholi.
Qo‘qon xonligi: 15 ta beklik – 3 mln aholi.
Savol va topshiriqlar
1.
Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xon-
liklari hududini chegaralab be ring.
2.
XIX asr o‘rtalarida xonliklar aholisi haqida gapirib bering.
3.
6-betdagi xaritadan foydalanib, quyidagi jadvalni to‘ldiring. Xonliklarga 
tegishli hududlarni ajratib yozing. 
Buxoro amirligi
Xiva xonligi
Qo‘qon xonligi
O‘rta Osiyo davlat-
larining aholisi
http://eduportal.uz


8
Xiva xonligining 
davlat boshqaruvi
2-§. XIX ASR O‘RTAlARIDA O‘ZBEK XONlIKlARINING
mA’mURIy BOShQARUV TIZImI
Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, 
unin g hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda 
o‘t gan. amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub 
chek lanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan hukm dorlar 
boshqargan.
Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro ho-
kimiyati bosh vazir – qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman ho-
kimlari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, 
soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan. Devonbegiga 
tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yu-
ritishga mas’ul mirzaboshi bo‘ysungan. Amirlikda soliqlarni o‘z vaqtida 
yig‘ish va ularni hisobga olib borishga javobgar kishi mushrif hisoblan-
gan. Dodxoh lavozimini egallab turgan shaxs 
xalqning shikoyatlari bilan shug‘ullangan. 
Oliy hukmdor farmonlarini parvonachi e’lon 
qilgan. Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi
sud ishlarini nazorat qi lishni shayxul islom 
bajargan. Shayxulislomga bo‘ysungan muftiy 
diniy-huquqiy masalalar bilan muhtasiblar 
esa shariat qoidalari ning bajarilishi va amal 
qilinishi masalalari bilan shug‘ullangan. Bu xoro amirligida sud boshlig‘i 
qozikalon, raiskalon hisoblangan. Vaqf ishlari va mulklari bilan sadr 
shug‘ullangan. Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi – valiahd 
tarbiyasi bilan otaliq mashg‘ul bo‘lgan. To‘pchiboshi amir qo‘shinlarining 
bosh qo‘mondoni bo‘lgan. Amirlikning shaharlarida tinchlik va tartibni 
saqlashga amir soqchilari boshlig‘i – mirshabboshi mas’ul hisob langan. 
Ko‘kaldosh mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do‘stlari va dush-
manlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan. Bu xoro 
amirligida davlat boshqa ruvi, moliya, sud, mirshablik va harbiy ishlar 
amirning qarindoshlari, o‘ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan. Ular 
o‘z faoliyatlarini bajarishda katta huquq va imtiyozlarga ega bo‘lganlar.
Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan 
boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisob-
langan. U cheklanmagan ma’muriy, harbiy ho-

Download 3.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling