81
!
!
!
?
?
miyatini yaxshi tushunar edilar. Kelib chiqishi azaldan bir bo‘lgan ushbu
xalqlarda yagona turkiy zaminda birga yashash istagi ustunlik qilardi.
Podsho hukumati tomonidan Xiva xonligi
protektoratga aylantiril-
gandan so‘ng Amudaryo bo‘limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan jabr-zulm
kuchaydi. Biybozor va Nukus volostida mustamlakachilarga qarshi Bobo
Go‘klan boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni jiddiy tus olib, qariyb o‘n yil
(1881–1891) davom etdi.
Dehqonlarning ahvoli og‘irlashishi oqibatida 1900-yil Nukus volosti
va Qo‘ng‘irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi.
Bunday
harakatlar mustamlakachi hukumat tomonidan ayovsiz bostirildi.
O‘zingizni sinang!
muhammad Aminxon – ...
Otamurodxon – ...
Ernazarbiy – ...
Qo‘zg‘olon markazi – ...
Zarliq – ...
Bobo Go‘klan – ...
Savol va topshiriqlar
1.
Qoraqalpoqlarda qanday soliq turlari bo‘lgan?
2.
O‘zbek xonliklari va qoraqalpoqlarning soliq tizimida qanday
o‘xshashliklar bor?
3.
Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada?
4.
XIX asr ikkinchi yarmida bo‘lgan qo‘zg‘olonlarning mohiyati nimadan
iborat?
23-§. QORAQAlPOQlAR TURKISTON
GENERAl-GUBERNATORlIGI TARKIBIDA
Xiva xonlari tomonidan qoraqalpoqlarning ko‘ch-
manchi hayoti cheklangandan so‘ng
qisqa davr
mo baynida ular xonlikda bir nechta yangi deh-
qonchilik tumanlarini tashkil etishdi. XIX asrning
70-yillariga kelib ular deyarli o‘troq
turmush ke-
chira boshladilar. Qoraqalpoqlar Amudaryoning
har ikkala qirg‘og‘ida yastanib yotgan kengliklarni o‘zlashtirib, sholi,
bug‘doy, arpa va paxta yetish tirishdi. 1868-yilda
Rossiya gazetalaridan
biri shunday yozadi: «Bu xalqning asosiy va deyarli birdan bir hunari
dehqonchilikdir. Mehnatsevarlik sharofatidan
qoraqalpoq yerlari yaxshi
Do'stlaringiz bilan baham: