O'zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish Reja: Xalqaro savdo tushunchasi va shakllari


Erkin savdo (fritrederlik) siyosati


Download 31.46 Kb.
bet4/4
Sana07.03.2023
Hajmi31.46 Kb.
#1244769
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston tashqi savdosini erkinlashtirish

Erkin savdo (fritrederlik) siyosati protektsionizm siyosatining aksi bo‘lib, tashqi savdoni erkinlashtirishga qaratilgan. Bu siyosat xalqaro savdo hajmlarini o‘sishiga olib keluvchi turli tarif va kvotalarni qisqartirish, milliy iqtisodiyotning ochiqligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xalqaro savdoni tartibga solish xalqaro va milliy darajalarda amalga oshadi.

Milliy darajadagi tartibga solish eksport va importni tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Eksportni tartiblash tashkiliy va kredit-moliyaviy usullar yordamida uni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatiuchun maxsus bo‘linmalarni tashkil etish;

- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi;

- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv;

- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish;

- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k.



Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari quyidagilardan iborat:

- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash;

- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar berilishini rag‘batlantirish;

- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash;



- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k.

Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish mumkin.
Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling