"O‘zbekiston temir yo'llari" aj toshkent temir yo‘l muhandislari instituti


Download 0.54 Mb.
bet9/17
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1595340
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
zУс.кўр. ТйтАТ ЭТ-сиртқи

2. Nazariy qism.
Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilash sxemasida, tok ikkala yarim davrlar davomida yuklama orqali oqib o‘tadi. Bu to‘g‘rilagich pulsatsiya koeffitsientini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagich (1–rasm) ikkilamchi cho‘lg‘amida o‘rta chiqishli transformatorga ega bo‘lib, u kichik kuchlanishli qurilmalarda qo‘llaniladi. Bu sxema dioddagi kuchlanish va transformator quvvatidan foydalanish koeffitsientini qiymatlari bo‘yicha ko‘priksimon sxemali (1–rasm) to‘g‘rilagich sxemasidan farqlanmaydi.

1 – rasm. Ikki yarim davrli to‘g‘rilagichni Electronics Workbench (EWB) dasturida tekshirish.

Bunda farq shundaki transformator o‘zagini qo‘shimcha magnitlanishi yo‘q bo‘ladi. Chunki transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amlaridagi o‘zgarmas tashkil qiluvchilar turli yo‘nalishga ega bo‘ladi va shuning uchun ular hosil qilayotgan magnit maydonlar o‘zaro qoplanib turadi.


Silliqlovchi filtrsiz bunday to‘g‘rilagichlar faqat yuklamadagi kuchlanishning pulsatsiyasi ahamiyatli bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi. Shuning uchun tekshirilayotgan to‘g‘rilagichlarning barcha modellari filtrlar bilan yuklangan.

2 – rasm. Bir fazali ko‘priksimon to‘g‘rilagichni sxemasi.
Kichik yuklama toklarida to‘g‘rilagichlarning kuchlanishlarini ko‘paytirishli sxemalaridan foydalanish mumkin. Ushbu sxema (2–rasm) da to‘g‘rilangan kuchlanish manba, kuchlanishning amplitudasidan bir necha marotaba katta bo‘lishi mumkin. Kuchlanishni orttirishga sxemaga kerakli sondagi, har bir diodlar va kondensatorlardan tarkib topgan kaskadlarni qo‘shish orqali erishiladi.

3 – rasm. Ikkilangan kuchlanishli to‘g‘rilagichni sxemasi.

Kuchlanishni ko‘paytirishli to‘g‘rilagich sxemalarida pulsatsiya chastotasi manbalovchi tarmoq chastotasiga teng bo‘ladi. Diodlardagi teskari kuchlanish va barcha kondensatorlardagi (birinchisidan tashqari) kuchlanish qiymatlari tarmoq kuchlanishi amplitudasini ikkilanganligiga teng bo‘ladi.


Har bir elkadagi kondensator sig‘imi bir xil tanlanib, quyidagicha aniqlanadi:
S= 2(n+ 2)Rnf
Bunda: n–ko‘paytirish koeffitsienti; ta’minlovchi manba chastotasi.
To‘g‘rilagichni ishini tadqiqini a) punkt singari bo‘lsin (№ 1–laboratoriya ishiga qarang). =U, U, In qiymatlarini o‘lchashni amalga oshiring va uni natijalarini 1–jadvalga kiriting. To‘g‘rilangan kuchlanish Kp ning pulsatsiya koeffitsientini hisoblang. Ossillogramma kuchlanishini qayd eting. Tadqiqot natijalarini 1, 2, 3 jadvallarga kiriting.
a) Aktiv qarshilikli yuklamani ta’siri.
1–jadval

R

kOm

0.5

1

2

5

S=100mkF

=U

V













U

V













In

mA













Kp

%













b) Pulsatsiya koeffitsienti qiymatiga filtr sig‘imining ta’siri.


2–jadval

C

mkF

1

10

100

1000

Rn=0.5kOm

=U

V













U

V













In

mA













Kp

%













v) Pulsatsiya koeffitsienti qiymatiga filtr induktivligini ta’siri.


3–jadval.

Ln

Gn

0.5

1

1.5

3

R1=0.1kOm

=U

V













U

V













In

mA













Kp

%
















Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling