“O'zbekiston Temir Yo’llari AJ”
Toshkent Temir Yo’l Muhandislari instituti
TYT da AT va TT kafedrasi
TYT da AT tizimlarida “Maxsus o’lchov” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Elektr o’lchashlar va elektr o’lchash asboblari.
Bajardi: AB 215-guruh talabasi
Bozorov Nurlanbek
Qabul qildi: Ubaydullayev S
TOSHKENT 2020
Mavzu: Elektr o’lchashlar va elektr o’lchash asboblari.
Reja:
Kirish.
Elektr o’lchashlar.
Elektr o’lchash birliklari, etalonlar va elektr miqdorlarining o’lchamlari.
Elektr o’lchov asboblarini yerga ulash.
Elektr zanjirdagi ulashdagi elementlar.
Elektr o’lchov asboblar.
Elektr o’lchov asboblar shartli belgilari.
Elektr qurilmalarini o’lchash aparatlari
Xulosa.
Adabiyotlar.
Kirish
Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish maqsadida Prezidentimiz «mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi
farovonligini yuksaltirish ko‘p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana olishimizga bog‘liqdir».. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol
g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik,
huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy — iqtisodiy
hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon
hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni
amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga
ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda
tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy — axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta’limiy —tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil
etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini
jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy — madaniy
merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil
Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib
tarbiyalashga bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |