O’zbekiston Temir Yo’llari” aj toshkent temir yo’llari muhandislari inistituti


Download 1.08 Mb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1272365
  1   2   3   4   5
Bog'liq
praktika 2018


O’zbekiston Temir Yo’llari” AJ


Toshkent temir yo’llari muhandislari inistituti

“Avtomatika va telemaxanika” kafedrasi


Hisobot
Mavzu: Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (Temir Yo’l transportida)


Amaliyotchi talaba: AB-200(a)guruh talabasi Xudoyqulov SH
ToshTYMI dan amaliyot rahbari: ass.Ametova E.K
Tashkilot tomonidan amaliyot rahbari: Xazratqulov R

Toshkent-2017



Reja:
1.ШЧ -8 tuzilmasi bilan tanishish.
2. Stansiyaning bir ipli va ikki ipli rejasi bilan tanishish
3.Stansiyani kodlash sxemasi bilan tanishish

1.ШЧ -8 tuzilmasi bilan tanishish.

“Termiz aloqa va ishorat korxonasi” ШЧ-8 O’zbekiston temir yo’llari tarkibidagi Termiz mintaqaviy temir yo’l uzelining avtomatika va telemexanika qurilmalariga xizmat ko’rsatish, ularning sozligi, qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashi, stansiya va peregonlarni avtomatika va telemexanika qurilmalari bilan jihozlash vazifalarini amalga oshiradi.


Korxona tarkibida yani МРЦ da 2 ta sex mavjud bo’lib, har bir sex belgilangan o’z chegarasiga ega va sex xodimlari shu hududdagi СЦБ qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatadi. Xususan men 1-sexda katta mexanik Xazratqulov R. rahbarligi ostida amaliyot vazifamni o’tadim.






Stansiyaning bir ipli rejasi.
Harakatlanuvchi tarkibning poyezdli yoki manyovrli tartibda o‘tishiga tashkillashtirilgan yo‘l marshrut hisoblanadi.
Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
Manyovr ishini harakteriga qarab manyovr svetoforlarini quyidagi holatlardan kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin:
- qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, park yo‘llarida manyovr ishlarini tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr svetoforlari (M2, M4, M6, M8, M10, M12, M14, M16, M18, M20, M22);
- qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir park yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi manyovr svetoforlari) (M2, M4, M6, M8, M10, M12, M14, M16, M18, M20, M22);
- stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni bo‘lish uchun xizmat qiladi;
- stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat qiladi.
Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi (Н1,Н10). Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan chiqishni ifodalovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak. Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.
Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishi shunday hisob-kitob bilan amalga oshirilganki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlangan va burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilgan bo’lishi kerak.
Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan amalga oshirildi.
Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi (M8, M10; M16, M18).
Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi (ЧП, ЧДП).
Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yish ko‘zda tutiladi (ЧД). Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda IП ва IIП, strelkalar peregon tomonidan belgilangan, juft yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi poyezd strelkalari arab juft raqamlari bilan raqamlandi; (2-4, 6-8, 10-12, 14-16, 18, 20, 22, 24, 26, 28, 30)(1-rasm). Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi (2СП, 4-8СП, 6СП, 10-14СП, 12СП, 16СП, 18-20СП, 22-24СП, 26СП, 28-30СП)
Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab bir vaqtda bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Strelkalarni seksiyalarga taqsimlashda mumkin qadar qarshi bo’lmagan marshrutlarning bir vaqtda harakat qilinishini ta’minlash lozim.
Yon yo‘llardan poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/18 markali strelkali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Kirish svetoforida bunday holatda bitta yashil tasma qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutiladi.
Н1, Н3, Н4, Н5, Н6, Н7, Н8, Н9, Н10 chiqish svetoforlari qabul – jo’natish yo’llari ixtisosligini hisobga olgan holda o’rnatildi.
Marshrut shakllantirishda ularning chegaralari o‘rnatib olinadi. Kirish svetofori qabul qilish marshruti boshlanishi, oxiri esa – qabul qilish yo‘li bo‘ladi. Jo‘natish marshrutida esa chiqish svetofori marshrut boshlanishi, oxiri esa – stansiya chegarasi bo‘ladi.
Tayinlangan marshrut bo‘yicha harakatlanishga ruxsat etuvchi manevr svetofori manevr marshruti boshlanishi, oxiri – birinchi yo‘lakay manevr svetofori bo‘ladi.
Bog’liqlik jadvalida (1 va 2-jadval) berilgan stansiya bo’g’izi uchun barcha poyezd va manyovr marshrutlari hisoblab chiqilgan va har bir marshrut uchun svetofor ko’rsatgichi ko’rsatilgan. Marshrutlar nomlari grafasida avvalo IП, IIП asosiy yo’llar bo’yicha poyezdlarni bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazish va 3П, 4П, 5П, 6П, 7П, 8П, 10П yon yo’llar bo’yicha to’xtatmay o’tkazib yuborishda barcha poyezd marshrutlari hisoblab chiqilgan.
Poyezd marshrutlaridan so’ng stansiya gorlovinasidagi manyovr svetoforlari bo'yicha ajratilgan manyovr marshrutlari tuzilgan.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling