TAVSIFNOMA
Quvondiqov Quvonchbek Ro‘zimurod o‘g‘li 2015-2019y.y. – Toshkent temir yo‘l muhandislari inistituti, Мuhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari) mutaxassisligi bo‘yicha bakalaviriat yo‘nalishida tahsil olgan.
2019-2021y.y. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning «Qarshi MTU» UK qarashli Qurilish ta’mirlash korxonasi ishchisi, brigadir, ish boshqaruvchi (прораб) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
17.03.2021-30.04.2021y.y. – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ning «Qarshi MTU» UK qarashli Kapital qurilish bo‘limi (ОКС) muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2020-2022y.y. – Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat temir yo‘llar universiteti, Suv ta’minoti, oqova suvlarni chiqarish va gidravlika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishida tahsil olgan.
2022 yil 5-sentyabrdan Toshkent davlat transport unversiteti, Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu kunga qadar Q.R. Quvondiqov o‘ziga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelmoqda. Bundan tashqari universitetda, fakultetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Uning talabchanligi, har bir ishga mas’uliyat bilan yondashishi jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan birga pedogogik faoliyatida, ilmiy-tadqiqot ishlarida ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
TDTrU, Qurilish muhandisligi fakulteti,
Muhandislik kommunikatsiyalari va
tizimlari kafedrasi mudiri B.B. Kaxarov
Do'stlaringiz bilan baham: |